Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish

IELTS imtihoni turlari va ularga tayyorlanish

IELTS (International English Language Testing System – Xalqaro Ingliz Tili Sinovi Tizimi) imtihonining maqsadi ingliz tilida o’qish, yozish, tinglab tushinish va gapirish ko’nikmalarining qay darajdaga shakllanganligini baholash hisoblanadi.

Imtihon 4 bosqichda o’tkaziladi:

  • LISTENING (tinglab tushunish) – 30-40 daqiqa,
  • READING (o’qish) – 60 daqiqa,
  • WRITING (yozish) – 60 daqiqa,
  • SPEAKING (gapirish, suhbat ko’rinishida) – 10-15 daqiqa.

Imtihon topshirilish qoidasi bo’yicha yuqoridagi barcha ko’nikmalar sinovi bir kunda o’tkaziladi. Dastlabki uchta ko’nikma sinovi bilan so’nggi, suhbat ko’rinishidagi gapirish ko’rikmasi sinovi orasida tanaffus beriladi. Ba’zan imtihon ikki kun davom etishi ham mumkin. Bunday holatda ohirgi, gapirish ko’nikmasining sinovi imtihonning ikkinchi kuniga qoldiriladi.

Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko’nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har bir bosqichdagi sinovda testlar va topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin.

IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o’rta yoki o’rta mahsus ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi. Bunday o’quv dargohini bitiruvchilar oliy ma’lumot diplomiga da’vogarlik qilishmaydi. Oliy ma’lumotga ega bo’lish maqsadida universitetga o’qishga kirish uchun Akademik testni topshirish talab etiladi. Har ikki turdagi testlarning tuzilishi bir hil, ammo Umumiy testning o’qish uchun beriladigan matni va yozish ko’nikmasini sinovdan o’tkazish topshiriqlari oliy o’quv yurtlariga kirish sinovlari talablarini o’z ichiga olmaydi. Azamat.uz saytining IELTS haqidagi bo’limida biz ko’proq IELTSning Akademik testiga tayyorgarlik ko’rish masalalarini ko’rib chiqamiz.

Imtihonning har bir bo’limi uchun va butun imtihonning umumiy bahosi sifatida olish mumkin bo’lgan maksimal ball 9 ball hisoblanadi. Ma’lumki, imtihondan o’tib, oliy o’quv yurtlariga kiruvchilarning ko’pchiligi kelajakda turli kasblarning egasi bo’lishadi, ular turli yo’nalishlardagi fanlar bo’yicha ta’lim olishadi. Texnik yoki iqtisodiy yo’nalishdagi universitetlarga o’qishga kirish uchun kamida 6 ball to’planishi kerak. Yuridik va gummanitar yo’nalishdagi oliygohlarga o’qishga qabul qilinish uchun esa kamida 7,5 ball to’planishi shart. IELTS imtihonlarida tanlangan oliygoh yoki yo’nalishdan qa’tiy nazar, hamma bir hil tartib va talablar asosidagi sinovlardan o’tadi. Farq faqat to’plangan ballar va ularning qayerda, qanday qabul qilinishida bo’ladi.

Yaqindan boshlab Buyuk Britaniya hukumatining immigratsiya nazorati boshqarmasi mamlakatga uzoq muddat davomida qolib ishlash maqsadida keluvchi shaxslarning majburiy imtihondan o’tkazilishini joriy qildi. Bu maqsadda mamlakatga kiruvchi shaxslar Akademik test topshirishlari talab etiladi, ammo to’planishi talab etilgan ball, test topshiruvchilarning kasblaridan kelib chiqqan holda, 4,5 balldan 5,0 ballgacha qilib belgilangan.

IELTS testlarini tuzuvchilarning aytishicha, ushbu test imtihon qilinuvchining umumiy bilimini ham, uning mahsus tayyorgarligini ham tekshirmaydi. Testning asosiy maqsadi – test topshiruvchining ingliz tilini kelajakda Buyuk Britaniya yoki boshqa biror ingliz tilida gaplashiladigan davlat oliygohlarida muvaffaqiyatli ta’lim olishlari uchun yetarli darajada bilishini aniqlash.

Mening fikrimizga ko’ra, bu haqiqatga to’liq yaqin emas. To’g’ri, IELTS imtihoni test topshiruvchining hech qanday mahsus tayyorgarligi yoki bilimini tekshiruvdan o’tkazmaydi. Ammo, imtihon davomida topshiriqlarni to’g’ri bajarish uchun test topshiruvchidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlar analizi, sintezi, o’z ona tilida ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash va ularni xorijiy tilga o’girib, ifodalay olish kabi bir qator ko’nikmalar talab etiladi.

IELTS imtihoni o’qish, yozish, eshitish va gapirish ko’nikmalarining qay darajada shakllanganligini baholaydi. Aynan shu ko’nikmalarning to’liq shakllanganligi ingliz tilida gapiriladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida eng zaruriy hisoblanadi.

Shuning uchun IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko’rishning eng asosiy yo’nalishlari ingliz tilining kundalik turmushda ishlatilishini o’rganishga yo’naltiriladi. Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarga ta’lim olish maqsadida bormoqchi bo’lgan talabalar bilan bunday davlatlarga ishlash maqsadida borayotgan kishining tildan foydalanishi farqli bo’lishi mumkin, ammo IELTS imtihonlarida beriladigan topshiriqlarda bu farq juda katta rol o’ynamaydi. Azamat.uz saytida biz asosan IELTS imtihonining Akademik test turi uchun tayyorlanish masalalariga ko’proq urg’u bersak-da, undan ingliz tilini Umumiy test topshirish uchun o’rganayotganlar ham foydalanishlari mumkin.

Quyida ingliz tilida gaplashiladigan davlatlardagi oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish jarayonida duch kelish mumkin bo’lgan vaziyatlar tasvirlangan.

Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida quyidagi vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin:

  • kitob va jurnallar o’qish,
  • yozma topshiriqlarni bajarish,
  • ma’ruzalar tinglash,
  • seminarlarda qatnashish.

Bu vaziyatlarning har biri Sizdan quyidagilarni amalga oshirishni talab qilishi mumkin:

Kitob va jurnallar o’qish:

  • sohaga oid turli kitoblarni o’qish, aniq bir mavzuga doir ma’lumotlar berilgan gazeta va jurnallarni mutoala qilish;
  • matnlar, jadvallar va chizmalardan kerakli ma’lumotlarni olish;
  • o’qilganlarni tahlil qilish.

Yozma topshiriqlarni bajarish:

  • o’rtaga tashlangan muammoli masalani analiz qilish;
  • yozma ishning rejasini tuzish;
  • o’z so’zlari bilan yozish orqali mazvuni tushunganligini ifodalash, o’z fikrini yozma ravishda tahlil qila olish va hokazo.

Ma’ruzalar tinglash:

  • tez gapirilayotgan nutqni tinglab tushuna olish;
  • turli shevalardagi nutqni tushuna olish;
  • ma’ruzaning asosiy qismlarini, urg’u berilayotgan ma’nolarni tushuna olish;
  • eshitish davomida kerakli ma’lumotlarni yozib olish.

Bulardan tashqari radio va video xabarlardagi turli tezlik va shevada gapirilgan nutqni tinglab tushuna olish, nutqning asosiy mazmunini anglay olish hamda zaruriy holatlarda ular orqali yetkazib berilayotgan ma’lumotlarni yozib olish ko’nikmalarini shakllantirish kerak.

Seminarlarda qatnashish:

IELTS imtihonini topshirish mobaynida imtihon oluvchining savollariga javob berish va shu bilan bir qatorda savollar berishga ham to’g’ri keladi.

Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda yashash va ishlash quyidagilarni talab qilishi mumkin:

  • gazetalar mutoala qilish, e’lonlar, yo’riqnoma va ko’rsatmalarni o’qish va hokazo;
  • tashkilotlar yoki alohida shaxslarga yozma murojaatnoma va arizlar yozish;
  • radio tinglash, ko’rsatmalarni tinglab tushunish va har kunlik suhbatlarni tinglash;
  • o’zi haqida gapirib berish, kelib chiqishi, oilasi va vatani, o’qishdan maqsadi, kelajakdagi rejalari haqida gapirish.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, IELTSni o’rgatuvchi ta’lim berishni ikki bosqichga bo’lib amalga oshirishi kerak:

1) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunishni uzviy o’rgatish. O’rganuvchining so’z boyligini imkon qadar oshirgan holda ingliz tili grammatikasining eng zaruriy va murakkab jihatlarini o’rgatish. IELTS imtihonini topshirishga oid yo’l-yo’riqlar ko’rsatish;

2) nutq, yozish, o’qish va tinglab tushunish ko’nikmalarini keng miqyosda rivojlantirish – gazeta va jurnallar o’qish orqali o’qish ko’nikmasini rivojlantirish, radio va audio eshittirishlar asosida tinglab tushunish ko’nikmasini mustahkamlash, imkon qadar jonli muloqotlarni amalga oshirish asosida og’zaki nutq ko’nikmasini rivojlantirish va hokazo.

IELTSni o’rgatish kursi ohirida o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarni to’liq o’zlashtirgan bo’lishlari zarur:

  1. Ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilarning o’rta tezlikda gapirishlarida anglatilayotgan ma’lumotni tinglab tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni sekin, yuqori aniqlik bilan (diktant ko’rinishida) eshitilganlarni aynan takrorlamasdan, gap mazmunini gapirib bera olish.
  2. Xujjatlarni tashkil etish (masalan, xisobotlar, rasmiy va norasmiy xatlar, chizma va diagrammalardagi ma’lumotlarni matn ko’rinishida ifodalash, referatlar yozish), so’rovnoma ko’rinishidagi xujjatlarni to’g’ri to’ldira olish. Xujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to’ldirish hamda xujjatlarni yozish jarayonida kerakli bo’lgan uslubdagi (rasmiy yoki norasmiy) ingliz tilidan foydalana olish.
  3. Ma’lum cheklangan vaqt ichida ijtimoiy muhimlikka ega bo’lgan turli mavzularga asoslangan insholarni yoza olish.
  4. Ko’rib chiqish, ma’lumot qidirish va o’rganish usullaridagi o’qish ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirish. Cheklangan vaqt ichida aytilayotgan (og’zaki nutq) yoki yozilgan (matn) axborot ichidan kerkali bo’lgan ma’lumotni topa olish.
  5. Ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og’zaki tarzda bayon qila olish, mavzu asosida berilishi mumkin bo’lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish.
  6. Ingliz tilida asosiy bilimlarni puxta o’zlashtirganligini namoyon eta olish (masalan, til grammatikasi, leksikasi, orfografiyasi va hokazo).
Abituriyentlar uchun test formulalari

39 ta fikr

  1. Kitobingizning orqasidagi reklamadagi gap nega tugallanmagan

  2. Assalomu aleykum. aka men bakalavr diplomim bor magistr uqish uchun ielstsda tayyorlanib test topshirib uqishga kirishim mumkinmi va qaysi o’quv yutlari taqdim etilishi haqida kimdan qanday qilib ma’lumot olsam buladi va buni urganishim uchun menga qanday maslahat berasiz. Oldindan javob uchun rahmat!

  3. As-mu al-m. ieltsda uqimoqchi bulib bir markazga bordim ammo ikkilanib turibman.muammo uzimda ham bor biilim darajam pastroq ammo harakat qilaman deb jiddu jahd qildim ammo ustozim… bilimi yaxshi qandaydir metod yoqmayapti. 1.5 soatda bir marta urnidan turib bir narsani yozadi.xatolarni tugrilamaydi.yangilik urgatmaydi.uzr birov haqida.shunga nima qilsam buladi uzi IELTS darslari yo shunday uslubda olib boriladimi?maslahat kerak edi.saviyaliroq darslarni qanday kursam buladi masalan online orqali raxmat

    • Maslahatim siz Olson siz oldin Bonk1i Bonk2ni yaxwi biladigan oqituvchi bin shugullanishingizni maslahat Bethany bolardim. Chunki ieltsning kop sozlari Bonkdan2 qismidan olinadi . Agar us Hanoi yaxwi chiqsez keyin IELTS tayyorlov kurslariga borsez boladi muhimi vocabulary mustahkam boliwi Kerak

  4. Anvar Hamroyev

    Men Ieltsga tayyorlanmoqchiman .Men qaysi O’qituvchiga borishni bilmay turibman .Qaysi o’qituvchidan ta’lim olishni maslahat berasizlar? Javob uchun oldindan rahmat

  5. Assalomu alaykum Azamat aka man hozir Rossiyada edim menga kitobingiz kerak elektron variantini hecham iloji yoʻqmi oldindan raxmat

  6. Assalomu aleykum Azamat Baxtiyorovich men sizning IELTS imtihoninga tayyrlanish nomli kitobingizni bugin o’qishni boshladim va bu kitob menga juda yoqti IELTS haqida juda yaxshi tushunchaga ega bo’ldim men bir masalada maslahatingizga muhtojman. avval Matematika, Fizika fanlaridan tayyorlanganman bu fanlardan tushuncham yaxshiroq deb o’ylayman yaqinda16-iyul kuni Toshkent shahridagi REGISTON o’quv markazida bo’lib o’tgan abuturiyen_17 loyihasida imtihonda qatnashdim 172.3 ball bn texnika fanlari bo’yicha 3 o’rin oldim 1-avgust imtihoniham yaxshi o’tdi palutexnika unversitetiga topshirdim amma INXA da taqsil olishni hohlayman. Ingliz tilini bilmayman lekn 10 oy ichida IELTS olish niyatim bor qattiq o’zimga ishonyapman hozirda Raymond Murphy kitobini mustaqil video darsliklaringiz orqali o’rganishni audio lug’atlar eshitishni boshladim tajribali mutaxasis sfatida qanday maslaxat berasiz 10 oy ichida ulgurishim mumkinmi qiyin bo’lsaxam ko’pchilik mumkin emas deyishyapdi. javobingiz tagdirimni o’zgartrishi mumkin. javobingiz uchun oldindan rahmat.

    • 10 oy ichida o’rganishingiz mumkin. Bu vaqt oralig’ida IELTSdan yuqori ball olish darajasiga yetish uchun 100% imkoniyatingiz bor. O’zingizga ishoning, albatta uddalaysiz. Atrofingizdagi sizga salbiy baho berayotgan kishilarga e’tibor bermang.

  7. Assalomu alaykum Azamat aka. Men ham IELTS o’qimoqchiman. Ammo qayerda o’qishni bilmayapman. Qaysi o’qituvchini yoki qaysi o’quv markazini maslahat berasiz? Javob uchun oldindan rahmat.

  8. Salom Azamat Aka man xozir 3-kursga o’tdim bu yil IELTS tayorlanib ko’rmoqchiman..Garmatikaga kelse Murphy ko’kni ishlab chiqqanman hamma mashqlarini..Shu fundamentim IELTS tayorlanishga yetadimi yo yetmidimi..Yana Garmatika tayorlanimi..Ko’p so’z ham bilmiman
    Taxminimcha 2000-ga yaqin bilaman Ieltsni kirish qismiga yetadimi shu bilgan so’zlarim..Shunga uziz maslaxat bering..Oldindan raxmat

  9. Assalomu aleykum Azamat Baxtiyorovich men IELTS sertifiqatini olib Italiyaning Turin Politexnika universitetiga kirish niyatim bor. Men Raund Up kitobini 3chisini yarimigacha chiqqanman va Raymond Murphyni qizilini yana Straightforwardni 1chisini chiqqanman. Xozirda Straightforwardni 2chisini va Murphyni ko’kini o’qiyapman so’z boyligim unchalik ko’p emas 2000-2500 so’z bilsam kere shular bilan 10 oyga IELTS sertifiqatini ololamanmi sizning fikringizni bilmoqchi edim iltimos javob uchun oldindan katta rahmat.

  10. Salom men koreada oqishni istayman shu sabab ieltsdan necha ball olishim kerak koreada oqishim uchun. Iltimos shu haqida batafsil aytsangiz. Rahmat

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*