Bosh sahifa / Grammatik mavzular / «Have you ever…?» haqida

«Have you ever…?» haqida

Ever «qachondir» deb tarjima qilinib, o’tgan zamondan hozirga qadar – butun umr davomida bajarilgan (yoki bajarilmagan, bir necha marta bajarilgan) ish-harakatlarni ifodalaydi. Ba’zi kam uchraydigan holatlarni hisobga olmaganda, ever so’zi faqat so’roq gaplarda va NO so’zi bilan inkor javoblarda ishlatiladi.

Ever so’zi have/has +  sifatdosh 2 (past participle) bilan ishlatiladi.

Masalan:

Have you ever eaten a frog?

Has she ever gone to Australia?

Savolga javobingiz HA (yes) bo’lganda have/has + past participle qurilmasi ishlatiladi.

Have you ever seen a whale?

Javob:

Yes, I have seen a whale. or Yes, I have.

Javobingiz YO’Q (no) bo’lgan holatda esa quyidagilardan biri ishlatilishi mumkin:

haven’t /hasn’t + ever + past participle yoki

have /has + never + past participle

(yuqoridagilarning ikkalasida ham bir xil ma’no bor)

Misol uchun, savol:

Have you ever seen a whale?

Javob:

No, I haven’t ever seen a whale. yoki
No, I’ve never seen a whale.
yoki
No, I haven’t.

 

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*