Bosh sahifa / Grammatik mavzular / Have to, Supposed to va Ought to

Have to, Supposed to va Ought to

Ba’zi abituriyentlar have to, supposed to, va ought to iboralarining ishlatilishida qiynalishadi. Quyida ularning o’zaro farqlari haqida bir oz to’xtalamiz.

Have to ma’nosiga ko’ra must modal fe’li bilan bir xil, deyish mumkin. Have to sizning majbur ekanligingizni va bu majburiyatni bajarishdan o’zga chorangiz yo’qligini anglatadi.

John has to go to work everyday.
The students have to study tonight.

To be supposed to ham majburiyatni ifodalaydi. Ushbu ibora ham sizning qaysidir ish-harakatni bajarishga mas’ul ekanligingizni va ko’proq bu ish-harakatni bajarishingizni kimdir sizdan kutishini bildiradi. Yodingizda bo’lsin, supposed to iborasidan oldin har doim to be fe’lining kerakli shakli ishlatilishi kerak.

Sally is supposed to meet her friend tonight.
All of the employees are supposed to attend today’s meeting.

Ought to maslahat ma’nosini ifodalaydi. Ought to bilan sizning nimadir bajarishingiz kerakligi ta’kidlansada, bu ishni bajarishga sizning majburligingiz ifodalanmaydi.

We ought to clean the house tonight.
Phillip ought to help you with your homework.

(Yuqoridagi barcha iboralar modal fe’llarining ekvivalentlari, modal fe’llari hisoblanishadi. Ulardan keyin har doim asosiy fe’l infinitiv holatda ishlatilishi kerakligini unutmang.)

***

Ba’zan yuqoridagi iboralarning ma’nolari o’zaro bir xildek tuyulishi mumkin. Bunday holatda ulardan qay birini ishlatish to’g’risida bosh qotirsangiz va qiynalsangiz, shunchaki so’zlovchi qaysi ma’noga urg’u berayotganligiga e’tibor qarating.

I have to do my homework. (Bajarmaslikdan o’zga choram yo’q. Agar bajarmasam, yomon gap eshitishim tayin.)

I am supposed to do my homework. (Agar men vazifani bajarmasam, o’qituvchim bajarmaganligimni sezib qoladi – o’qituvchim vazifani bajarishimni kutadi.)

I ought to do my homework. (Men vazifani bajarmasam ham bo’ladi, ammo bajarishim kerak deb hisoblayman chunki men sinfda yaxshi o’qishni xohlayman.)

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*