Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Googledan samarali qisqa linklar

Googledan samarali qisqa linklar

Google qisqa linklari juda katta mavzu emas, shuning uchun ushbu maqolani qisqa shaklda, bilmaganlar uchun eslatma tarzida yozib qo’ymoqchiman.

Google qisqa linklari xizmati Goo.gl sayti orqali taqdim etiladi. Mazmun juda oddiy: saytingizning boshqalarga ulashmoqchi bo’lgan sahifasi linkini link qisqartirgichga qo’yasiz va huddi shu linkni ochir beruvchi boshqa, qisqaroq link olasiz. Olgan linkingizni istalgan joyda bo’lishishingiz mumkin (ijtimoiy tarmoqlarda, email yoki chatlarda).

Google qisqa linklari bilan quyidagi:

http://azamat.uz/category/video-darslar/10-kun-ichida-ingliz-tilida-gapirishni-organish/

uzun link quyidagicha qisqa linkka aylanishi mumkin:

https://goo.gl/LeKBDV

Yuqoridagi linklarning har ikkisi bir xil sahifani ochadi. Ko’rib turganingizdek, uzun link ko’proq joy oladi, qisqasi esa yuborish va o’qish uchun har tomonlama qulay qisqa shaklga ega.

Bundan tashqari Google qisqa linklaridan foydalanganingizda har bir link qayerda, nechi marta ochilayotganligini, link orqali o’tayotgan foydalanuvchilar qaysi operatsion tizimdan foydalanishi, qanday brauzer ishlatishi va hokazo ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin. Bu esa foydalanuvchilaringiz qiziqishlarini, ular haqidagi ma’lumotlarni analiz qilgan holda yaxshiroq natija ko’rsatishingizda katta yordam beradi.

Qisqa linklar qaysi holatlarda Sizga kerak bo’lishi mumkin? Masalan, saytingiz orqali sotayotgan beshta mahsulotingiz bor, deb tasavvur qilaylik. Har bir mahsulot sahifasi uchun alohida qisqa link olasiz va olingan qisqa linklarni turli usullarda hammaga tarqatasiz. Analitika orqali esa qaysi mahsulotingizni Telegramdagi foydalanuvchilar ko’proq ochayotganini, qaysi mahsulot Facebook orqali ko’proq tashrif buyuruvchini jalb qilayotganini, qaysi linklar esa email orqali yaxshi ochilayotganligini o’rganib chiqishingiz mumkin. Keyingi harakatlarni analiz natijalariga ko’ra o’zgartirib borasiz. Qaysi usul marketing uchun foydaliroq ekanligini bilib olasiz.

Xullas, Google qisqa linklari Siz uchun ko’p tomonlama foydali bo’lishi mumkin. Foydalaning!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. O’zbekistonda esa ika.uz sayti bor! TAS-IX tizimida ishlaydi!
    i – ishoralar, ka- kamaytirish so’zidan olingan bo’lib, ika – ya’ni ishoralarni kamaytirish ma’nosini beradi! O’zbekisronliklar foydalaning! Sayt yaratuvchisi Sherzodbek Yigitaliyev!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*