Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Google AdSensedan navbatdagi chek keldi

Google AdSensedan navbatdagi chek keldi

Internet orqali sayt yordamida pul ishlash sohasiga qiziquvchilarga yangi ilhom va rag’bat ulashish maqsadida bugun kelgan Google AdSense chekini rasmga olib, saytda e’lon qilishni joiz topdim. Chekda arzigulik miqdordagi pul bo’lmasa ham, har holda «Rostdan ham internet yoki sayt orqali pul ishlash mumkinmi?» degan savol javobiga shubha bilan qarovchilar o’zlari uchun ma’qul xulosani chiqarishadi, sayt orqali pul ishlash harakatida yurganlar esa yangi ilhomlanish bilan o’z harakatlarini kuchaytirishadi, degan umiddaman.

Chekdagi pulni naqd pulga aylantirish usullari ko’p. Hozircha bu haqida bosh qotirmasdan, AdSense chekini bizgacha kelishiga sabab bo’ladigan saytni boyitish, uni tashkil qilish va samarali yuritish to’g’risida o’ylaganimiz ma’qul.

Saytda reklamalar joylashtirish orqali pul ishlash mumkin. Sayt yordamida avtopilot shaklida pul ishlash va amalda hech qayerda ishlamasdan turib moliyaviy mustaqillikka ega bo’lish juda yaxshi. Agar saytingiz bo’lmasa bugundanoq o’z saytingizni yaratishga harakat qiling. Saytga ega bo’lsangiz, uni rivojlantirish va foyda keltiradigan darajaga yetkazishingizda omadlar tilayman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

75 ta fikr

  1. O’zbek tilida ishlaydigan saytlar uchun AdSense ga o’xshash boshqa dasturlar bormi?

  2. O’zbek baribir o’zbeklikga boradida (faqat o’zim bo’lsam diydi) gapni uyoqdan buyoqa ob qochmay aytmiman deb qo’y odamni asabiga o’ynamay fuuu sendaqa o’zbekga uzfor.net forumidan

  3. sizni saytingiz o’zbekcha bo’lsa qanday oldiz?

  4. 1) Agar sir bo`lmasa qaysi sayt orqali mablag` topasiz adsensdan ?

    2) Man saytimni o`zbek va rus tillarida olib boraman adsense qabul qilarmikan

  5. Ucozda ochganman saytimni ! Sayt faqat mobil versiyada ishlaydigan bo`ladi ! Mobil versiyadagi saytlarni ham qabul qiladimi ??

    alishouz.ucoz.net/publ

    taxminan shu ko`rinishda bo`ladi !

    sayt mavzusi aliexpress va gearbestdan olingan tovarlarga etirof berish haqida

  6. Qoyil. Internet savodxonligini oshirishda xalqimizga beminnat xizmat qilayotganiz uchun raxmat!

  7. Chkdagi pulni qaysi bank orqali naqd pulga aylantiryapsiz Azamat aka

  8. qaysi saytga google adsenseni reklamalarini joylashtirgan edingiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*