Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Google AdSense puli qayerdan, qanday qilib olinadi?

Google AdSense puli qayerdan, qanday qilib olinadi?

Googlening AdSense dasturi orqali saytda reklamalarni ko’rsatish yordamida ishlab topiladigan pul qanday qilib va qayerdan olinishini so’rab menga ko’p web ustalar murojaat qilishadi. Ushbu maqolamda shu yo’nalish bo’yicha menga berilgan barcha savollarga javob sifatida Google AdSense dasturi orqali men qayerdan va qanday qilib pul olganligimni batafsil yozmoqchiman. Bu yerda beriladigan ma’lumotlar faqat AdSense orqali yetarli darajada pul ishlab topib, uni bank orqali olish istagida bo’lganlar uchun. AdSense dasturi bilan endi tanishayotganlar va pulni yechib olishgacha bo’lgan darajadagilar avval dasturning boshqa jihatlari haqida bosh qotirishlari kerak.

Men 2007-yil o’rtalarida o’zbek milliyligini targ’ib qiluvchi ingliz tilida yoziladigan oddiy blog ochgan edim. Unda (qiziqish va pul ishlab topish maqsadida) AdSense reklamalarini joylashtirdim. Bu blogga qiziqishim shunchalik darajaga yetdiki, har bir milliy taomimizning tayyorlanish jarayonini rasmga tushirib, ular haqida maqolalar yozish uchun fotoapparatim bilan mahalliy oshxonalarda izg’ib yurardim. Bir necha oydan keyin blogim orqali AdSense reklamalarini ko’rsatishdan ishlab topgan pulim yechib olish darajasiga yaqinlasha boshladi. Shundan keyin to’satdan blogimga joylashtirilgan reklamalar ko’rinmay qoldi. AdSense admin paneliga kirganimda esa u yerda «Sizning ishlab topgan pulingiz ma’lum miqdorga yetdi, endi manzilingizni tasdiqlashingiz talab etiladi» ma’nosidagi e’lonni ko’rdim. Dastur talabiga ko’ra uy manzilimni (davlat, viloyat, shahar, ko’cha nomi va uy raqami, telefon raqami, ism-sharifim, pasport raqamim va hokazo) boshqa ma’lumotlarim bilan birga admin panelda qayta tekshirib chiqdim va barchasi to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qildim. Shundan so’ng admin panel orqali «Mening yuqorida ko’rsatilgan barcha ma’lumotlarim to’g’ri va manzilimni tasdiqlovchi xatni menga yuborishlaringizga roziman» degan bo’limni belgilab, yuborish tugmasini bosdim.

Googledan xat juda kechikib keldi. Aniq eslay olmayman, lekin tahminan ikki oydan ko’proq vaqt o’tib uyimizga pochta orqali Google kompaniyasidan xat keldi. Xatda «Mana shu raqamni admin panelga kirib, shunaqa shunaqa joyida yozing va manzilingizni tasdiqlang» ma’nosidagi gaplar yozilgan edi. AdSense admin paneliga kirdim va ko’rsatilgan joyga xat orqali olgan raqamlarimni yozdim. Shundan so’ng manzilim tasdiqlandi va men pul ishlashda davom etdim.

Birinchi marta ishlab topgan pulim 100 dollarga yetganda esa men uni yechib olishim mumkinligi haqida xabar berishdi. Buning uchun nima qilishim mumkinligi/talab etilishi haqidagi uzundan uzoq yo’riqnomani o’qib chiqqanimdan so’ng Termiz shahridagi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milly Bankiga bordim. Bankda tashqi davlatlar valyutasi bilan ishlaydigan «valyutniy otdel» degan bo’limi bor ekan. Men u yerga borib «AdSense dasturida pul ishlab topaman, menga xalqaro valyutniy xisob raqam kerak ekan, shuni qanday ochsam bo’ladi?», deb so’radim. Boshlanishiga bankdagilarga AdSense nima ekanligi haqida bir qancha ma’lumot berishimga to’g’ri keldi 🙂 Ular hamma gap nima haqida ketayotganligini to’liq tushunishgach men uchun bankdan «valyutniy omonat xisob raqam» ochib berishdi. Qo’limga bir necha turdagi uzun raqamlar va harflar yozilgan qog’oqni berishdi. Tushunishimcha bu mening xalqaro pul o’tkazish mumkin bo’lgan «valyutniy xisob raqamim» edi. Men bu raqamni olib, Google AdSense admin paneliga kirdim va bank tomonidan menga berilgan xisob raqamni ko’rsatilgan joyga kiritdim. Shundan keyin menga «Xisob raqam tekshiruvdan o’tkazilib pulingiz 5 bank ish kuni ichida ko’rsatilgan xisob raqamga o’tkaziladi», ma’nosidagi xabar ko’rsatildi. Kutdim. Bir haftadan keyin bankka borib menga berilgan xisob raqamni tekshirtirdim. Google kompaniyasi tomonidan 100 AQSh dollari mening xisob raqamimga o’tkazilgan ekan. Bir nechta qog’ozbozlik va qo’shimcha xujjatlarga imzo chekishdan keyin avval xisob raqamdagi pulni qanaqadir omonat kitobgacha o’tkazishdi, keyin u kitobchadan chiqim qilib kassa orqali naqd pul (dollar) ko’rinishida menga berishdi. Keyingi to’lovlarni olishim tayyor xisob raqam va hozirgacha ham menda saqlanib qolgan valyuta omonat to’lovlari kitobchasi bilan juda oson kechdi. Shu vaqtga qadar bir necha marta xisob raqam orqali pulni olganman.

Hozirgi vaqtga kelib AdSense to’lovlarini olish yanada osonlashdi. Hozrigi paytda Google kompaniyasi AdSense orqali ishlab topilgan pullarni elektron pul o’tkazmalari (Electronic Funds Transfer), chek (bizda ishlashi yoki ishlamasligini bilmayman), Western Union o’tkazmalari (biz uchun hozirgi vaqtda eng qulay usul) va bank xisob raqamiga o’tkazish (Wire Transfer – men yuqorida tasvirlagan usulda pul olish) orqali web ustalarga yetkazib bermoqda. Pullarni (agar to’lov uchun minimal miqdor – 100 dollarga yetkazgan bo’lsangiz) har oyda olishingiz mumkin. Agar minimal miqdor ishlab topilmagan bo’lsa, masalan bu oyda faqat 50 dollar ishlab topgan bo’lsangiz, bu pul kelasi oyga qo’shiladi va kelasi oyning ishlab topiladigan 100 dollariga qo’shilib 150 dollar miqdorida Sizga to’lanadi.

Shaxsiy fikrimcha O’zbekiston sharoitida Wester Union o’tkazmalari orqali pul olish boshqalariga nisbatan ancha qulay va oson. Shuning uchun agar Siz AdSense dasturi orqali pul yechib olishni xohlasangiz, har doim Wetern Union xizmatini tanlashingizni maslahat beraman.

Yangi yilda barcha yangi AdSense foydalanuvchilariga omad va daromad tilab qolaman!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

46 ta fikr

  1. Salom Azmat aka google adsene qande reg qilish haqida maqola yoza olasizmi?
    uy manzilimni qande yozaman 3chi tor Ko’cha nomi 3-uy va pochta kodi

  2. Azamat aka bu juda juda qiyin ekan. Batafsil o`qidim. Bizdak yoshlar bu saytda ishlay olmas ekan. Ammo Google`ni to`lashi aniq!
    Shu biz voyaga yetmagan yoshlar ham pul ishlab topadigan yaxshi hamda ishonchli tizim haqida kontent yozsangiz zo`r ish bo`lar edi!

  3. Azamat bir narsaga yaxshi chunmadim naqt pul qilib berishdi dedingizmi ? Qacon bo’lgan edi bu narsa hozirda visa ga o’tkazib berishadiku adashmasam naqt muammoku

    • google uchun pul muommo emas! ammo u pul bu yerda naqt qilish biroz qiyin bo’ladi! shuning uchun xalqaro pul o’tkazishdan foydalanish mumkin(денежный перевод deyiladi)

  4. Xa lekin juda ajoyib maqolalar yozasiz raxmat!
    Menxam adsenseda emas oďdiy wap sayt orqali oyiga 100$ topib otiribman
    Avval bu pullarni ozbda naxd qilishga urundim va juda oson ekan webmoneyda western union va unistream shu kabi pul otkazish kompaniyalari orqali pul oladigon servisi bor ekan shu tarixa kapitalbankdan birinchi marta 9$ ni naxd qilib oldim
    http://cash.exchanger.ru

  5. Kamolov Shaxzodbek (KamolovGrouP)

    Salom Azamat aka. Bu maqolani o`qib to`g`risi juda quvondim! Endi saytimni ishga tushirish vaqti keldi deb o`ylayman. Lekin bitta savolim bor edi. Pulni qabul qilish joyiga Western Unionni bossam men bankdan pul olamanmi yoki elektron xamyongami (misol uchun webmoney)?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*