Bosh sahifa / Grammatik mavzular / FOR so’zining turli holatlarda ishlatilishi

FOR so’zining turli holatlarda ishlatilishi

Biz «for» so’zini «uchun» degan tarjimadan tashqari, ‘because’ – «chunki» tarjimasini keltirib chiqarish uchun ham ishlatishimiz mumkin. For so’zi bu tarjima bilan faqat rasmiy ingliz tilida ishlatiladi.

  • The divers have to be careful for a sudden change in conditions could be dangerous – Haydovchilar ehtiyot bo’lishlari kerak, chunki holatdagi keskin o’zgarish xavfli bo’lishi mumkin.
  • Read the instructions carefully for you will only get one chance to enter the information – Yo’riqnomani diqqat bilan o’qing, chunki ma’lumotni kiritish uchun faqat bitta imkoniyatga ega bo’lasiz.

Bundan tashqari for so’zini maqsad yoki sababga nisbatan ishlatishimiz ham mumkin.

  • What did you that for? – Nima uchun buni qilding?
  • What is that for? – Bu nima uchun?
  • Thank you for your letter. – Maktubingiz uchun raxmat.
  • I don’t have enough money for the ticket. – Menda chipta uchun yetarli pul yo’q.
  • I need treatment for my bad back. – Mening og’riyotgan belim uchun davo kerak.

For so’zlovchining qaysidir narsaga hayrixohligini, tarafdorligini ham bildirishi mumkin.

  • He is for the idea of cutting taxes. – U soliqlarni kamaytirish tarafdori.
  • I am for this change in the way we do things. – Men qilayotgan ishlarimizdagi shunday o’zgarish tarafdoriman.
  • You need to stand up for what is right. – Haqiqat uchun kurashishingiz kerak.

Biz for so’zini vaqt va masofani bildiruvchi iboralar bilan ishlatishimiz mumkin.

  • I walked for miles. – Men milyalab yurdim.
  • I waited for a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.
  • We will be away for the next week. – Biz kelasi hafta davomida ketgan bo’lamiz.

Ba’zan yuqoridagiga o’xshash ma’nolarda for so’zini butunlay tushirib qoldirishimiz ham mumkin. Bunda, gap ma’nosida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi:

  • I walked miles. – Men milyalab yurdim.
  • I waited a long time. – Men uzoq vaqt kutdim.

Hozirgi tugallangan zamonda (Present Perfect) for ish-harakat davomiyligi oralig’ini bildirsa, since ish-harakatning boshlanish vaqtini anglatadi.

  • I have studied English for seven years. – Men 7 yildan beri ingliz tilini o’rganaman.
  • I have studied English since I was 12. – Men 12 yoshimdan beri ingliz tilini o’rganaman.

For so’zi ishtirok etgan ba’zi eng ko’p tarqalgan, bilishingiz foydali bo’lgan iboralar:

  • I enclose a cheque/check for 100 euros – Men 100 yevroga chekni ilova qildim.
  • What’s another word for stupid? – Ahmoq so’zini bildirgan boshqa so’z nima?
  • I’ve known him for ages. – Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman.
  • I am all for making this change. – Men bu o’zgarishni qilishga qattiq kirishganman.
  • Get ready.  -What for?   -Anne is coming. – Tayyorlaning. -Nima uchun? -Anna kelayapti.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Assalomu alaykum! Men ingliz tilini o’rganmoqchiman. Lekin lotin xarflarda yozilgan ekan, krill alifbosidagi variantlari dasturlari bormi.

  2. Azamatjon ishlar yaxshimi, shahsiy sayt orqali faqat reklama orqali pul topish mimkinmi yoki tashrif buyuruvchilar soniga qarabmi?

  3. I walked miles nimaga tarjimasida – «biz» axir bu yerda I ku

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*