Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Eski kompyuter bilan dasturchilik qilish mumkinmi?

Eski kompyuter bilan dasturchilik qilish mumkinmi?

Dasturchilik keng ma’noda asosan kod yozish bilan bog’liq kasb hisoblanadi. Har qanday dasturlash tili o’z imlosiga ega kodning yozilishini talab etadi. Yozilgan bu dasturlar turli muhitlarda ishga tushirilishi, ba’zan dasturning yozilish jarayonida ham ma’lum bir muhitning bo’lishi talab etilishi mumkin. Dasturchining ish kompyuteri qanchalik kuchga ega bo’lishi kerakligi aynan uning yozayotgan dasturi, foydalanayotgan dasturlash tili hamda har ikkisi uchun qanday muhit talab etilishiga bog’liq.

Android dasturchilar foydalanadigan Googlening Android Studio dasturi kompyuterdan ko’p resurs talab etishi hammaga ma’lum. Agar Siz Android uchun dastur yozmoqchi bo’lsangiz, tabiiyki, ko’proq resursga ega bo’lgan, kuchliroq kompyuteringiz bo’lgani ma’qul.

PHP bilan ishlaydigan dasturchilar uchun nisbatan ancha kam resurs talab qilinadi. Ular eng oddiy holatdagi kompyuterda ham erkin ishlay olishadi.

Bundan tashqari boshqa dasturlash tillari hamda frontend bilan shug’ullanuvchilar uchun bir-biridan ancha farq qiluvchi sozlanmalar mos bo’lishi mumkin.

Dasturchi o’z qilayotgan ishidan kelib chiqqan holda kompyuterining kuchini chamalashi to’g’riroq bo’ladi. Web dasturchilikdan kelib chiqib baholasak, dasturchilar eski kompyuterda ham yetarlicha murakkablikdagi web dasturlarni yozishlari mumkin. Albatta, «eski» deganda kompyuter kuchining eski modellarga hos ravishda pastligi nazarda tutiladi.

Kompyuterning jismoniy imkoniyatlariga uzviy ravishda bog’liq bo’lgan dasturiy imkoniyatlar esa dasturchi yozayotgan mahsulotlarning zamonaviy texnologiyalarga qanchalik mosligini ko’rsatib beruvchi jihatlardan biri hisoblanadi. Ba’zi eski kompyuterlar eng yangi versiyadagi brauzerlar, yoki boshqa dasturlarni bemalol ko’tara oladi. Aynan web dasturchilar brauzer va boshqa kerakli dasturlarning eng yangi versiyasida foydalanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, kompyuterning jismoniy holati eski bo’lsa ham, dasturiy ta’minoti yangi versiyada bo’lishi mumkin, demak web dasturchi har qanday eski kompyuterda ham o’zi qilishi lozim bo’lgan ishni bemalol amalga oshira oladi.

Xulosa o’rnida, kompyuteringiz eski modelda bo’lsa ham, dasturlashni o’rganish yoki boshlashga qiziqsangiz, undan foydalangan holda boshlang’ich amaliyotlaringizni ro’yobga chiqarishingiz mumkinligini ta’kidlamoqchiman. Qiziqishingiz sohasi, ishlatiladigan dasturiy ta’minot va foydalaniladigan dasturlash tilidan kelib chiqqan holda kompyuteringizning kuchiga baho bering. Dasturlashni o’rganishingizda eski kompyuter Siz uchun to’siq bo’lishiga yo’l qo’ymang. Eski kompyuter bilan dasturchilik qilish mumkin!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*