Bosh sahifa / Abituriyentga / DTM testlari online

DTM testlari online

Endi Davlat Test Markazi testlarini online ishlashingiz mumkin. Buning uchun Davlat Test Markazining rasmiy www.dtm.uz saytiga kirishingiz va ro’yxatdan o’tishingiz kerak.

Online testlar DTM saytining bosh sahifasida chiqadigan asosiy menyuda «ONLINE TEST» bandida keltirilgan. Bundan tashqari, online testlarni bajarishga o’tishda asosiy menyudan tashqari pastki menyudan ham foydalanish mumkin, buning uchun DTM saytiga kirib, bosh sahifaning eng pastki qismiga tushsangiz «Online Test» degan link ko’rasiz. U orqali «Online test yechish» formasi chiqadi. Login/Parol kiritish joyidan pastroqda joylashgan «Ro’yxatdan o’tish» formasini to’ldirish orqali Login/Parol olishingiz mumkin.

O’z nomingizdan online testga kirganingizdan keyin e’tiboringizga bir nechta fanlar (Ingliz tili, Tarix, Ona tili…) bo’yicha online testlar havola etiladi. Testlar 36 savoldan iborat bo’lib, har safar fan bo’yicha testni ochganingizda yangi variant beriladi.

Test oxirida «Natijalarni hisoblash» orqali 36 ta savoldan nechtasini to’g’ri yechganingiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin. DTM saytining bu imkoniyati oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun tayyorgarlik ko’rayotgan abituriyentlar uchun juda qulay. Online test orqali o’qiyotgan fanlaringiz bo’yicha testga bo’lgan tayyorgarligingizni sinovdan o’tkazishingiz mumkin.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

29 ta fikr

  1. Man ham shuni aniqlamoqchi edim,bugun bo’midi deyishdi

  2. assalomu alekum mani ismim sherzod man inglizchani o’rganmoqchiman hamda fizika matematikani ham shunga yordam bervoring iltimos!!!

  3. Inglizcha kinolaardan ko’proq qo’ying

  4. Azamat aka online testga r6yxatdan 6tiw uchun email kerak ekan qanday ochsa b.di email ni

  5. Chet elga oqishga borish uchun grant yutib olishni xohlayman nima qilsam boladi

  6. nega dtm.uz sayti aynan kerakli vaqtda ishlamiyapdi

  7. My name is Abbosxon. Man ingliztilini mukammal darajada o’rganmoqchiman manga Nina maslahat berasiz

  8. testda to’g’ri javobla sonini ko’rsatadiyu lek asosiysi qaysi javobla xatoligini ko’rsatmaydi. bu qanaqasi bo’ldi endi

  9. Test variantlarini qayerdan topsam boladi sizlar bilmislarmi ?

  10. Man royxatdan hamma bosh joylani tog‘ri toldirib o’tvomanu lekin yana qayta qayta boshdan boshlanib ketvotti. Nima qilish kere?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*