Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / DNS va Domen uchun pochta

DNS va Domen uchun pochta

Saytingiz nomi bilan tugaydigan pochta ochishni xohlaysizmi? Domeningiz asosida ishlaydigan pochtangiz bo’lishini istaysizmi? Qachondir info@saytingiz.uz , reklama@saytingiz.uz yoki pochta@saytingiz.uz kabi pochta nomlariga ehtiyoj sezganmisiz? Endi kutishingiz shart emas. Domeningiz uchun pochta ochish vaqti keldi!

E’tiboringizga DNS haqida umumiy ma’lumot beradigan, saytingiz nom yozuvlarini samarali boshqarishni o’rgatadigan, domeningiz asosida ishlaydigan pochta ochishingizda yordam beradigan, domeningiz nomi bilan tugaydigan cheklanmagan sondagi pochtalar ochishingizga sabab bo’la oladigan elektron kitobni havola etmoqchiman. Bu elektron kitob yordamida quyidagilarni o’rganib olishingiz mumkin:

  • DNS haqida ma’lumot;
  • DNS serverlarning ishlatilishidan maqsad;
  • DNSning sayt yozuvlarini boshqarishdagi o’rni;
  • Bepul DNS hosting;
  • Domen bilan tugaydigan pochta qutilari ochish;
  • Pochta qutilarini oson boshqarish;
  • Saytingiz uchun email interfeysini tashkil qilish;
  • Sayt sahifasida pochtaga kirish formasini tashkil qilish;
  • Turli maqsadlarga ko’ra pochtalar yaratish;
  • aHost.uz panelida domen yozuvlarini o’zgartirish;
  • Yangi domenni PDD tizimida tasdiqlash;
  • Domen nom serverlarini o’zgartirish.

Domen uchun pochtalar tashkilotlar uchun juda muhim bo’lishi mumkin. Tasavvur qiling, Kichik Yulduz tashkilotining www.kichikyulduz.uz sayti bor. Bu tashkilotda 5 kishiga pochta kerak. Bu hodimlarning pochta manzillari turli xil: behzod.m@gmail.com , ks1873@mail.ru , starlet7@list.ru , kamol007@inbox.uz , prince_harley@bk.ru bo’lgani yaxshimi, yoki tashkilot nomi bilan hammani birlashtirib, professional ruh bag’ishlaydigan pochtalar: anvar@kichikyulduz.uz , sanjar@kichikyulduz.uz , madina@kichikyulduz.uz , elyor@kichikyulduz.uz , guli@kichikyulduz.uz bo’lgani yaxshiroqmi?

Ba’zan kimdir familiyasi asosida domen sotib oladi. Agar familiyangiz Abdullayev bo’lsa, Siz abdullayev.uz domenini harid qilishingiz va aynan shu domen asosida cheklanmagan sondagi qarindoshlaringizga o’ziga xos elektron pochtalar ochib berishingiz mumkin: jamshid@abdullayev.uz , alisher@abdullayev.uz , doston@abdullayev.uz va hokazo!

Bularning barchasini amalga oshirishni quyida juda juda arzon narxga harid qilishingiz mumkin bo’lgan elektron qo’llanmada o’rganib olishingiz mumkin! Kitobni harid qilganlarga email orqali kafolatlangan yordam ko’rsatiladi: agar biror narsaga tushunmasangiz, savol paydo bo’lsa yoki amaliyotni bir oz o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, shunchaki kitobni Sizga yetkazgan email manzilga savol yozib yuboring – albatta yordam beramiz!

BUNDAN TASHQARI! Saytingiz nomi bilan ishlaydigan pochtaga kelgan xatlarni qo’l telefoningizga qabul qilishingiz mumkin bo’ladi! Kimdir yer yuzining istalgan joyidan turib saytingizga kirib yozsa, xabar telefoningizga kelishini xohlaysizmi? Kitobni harid qiling, domeningizni ko’rsatmalar bo’yicha sozlang, savollar paydo bo’lganda bizga yozing – domen uchun pochtaning barcha qulayliklaridan bugundanoq bahramand bo’lishni boshlang!

Elektron kitob bahosi:
2 000 so’m

Elektron kitobga ega bo’lish uchun +998 91 162 22 00 raqamiga 2 000 (ikki ming) so’m miqdordagi to’lovni amalga oshirasiz. To’lov qilingan sana, soat, daqiqa va email manzilingizni quyidagi forma orqali yozib yuboring. Haqiqatdan ham Siz ko’rsatgan sana, soat va daqiqada to’lov o’tkazilgan bo’lsa, email manzilingizga PDF ko’rinishidagi elektron kitobni yuboramiz.

Qaysidir sababga ko’ra yuqoridagi buyurtma berish formasi ishlamasa, to’lov ma’lumotlari (to’lov sanasi, vaqti va email)ni quyidagi fikr bildirish formasi orqali yozib qoldirsangiz ham bo’ladi. Buyurtma berish formasi orqali yuborishingiz elektron kitobning Sizgacha tezroq yetkazilishini ta’minlaydi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

5 ta fikr

  1. Assalomu alaykum hurmatli Azamat aka. Men sizga va sizning qobiliyatingizga juda havas qilaman. Men ham sayt yaratishga judayam qiziqaman. Faqat sayt yaratish haqidagi kitoblar, dasturlash haqidagi kitoblarning hammasi chet tillarida bo’lganligi sababli man hech tushunib o’rgana olmayman. Bizda Web masterni o’rgatadigan birorta ham o’quv kursi yo’q. Mustaqil o’rganish uchun til bilish kerak ekan. Sizdan iltimos qilardim agar iloji bo’lsa va vaqtingiz bo’lganda mobil saytlar yaratish haqida ham kitob yozing. O’qib biz havaskorlar ham o’rganaylik. Men mobil ko’rinishda wap saytlar yaratishni o’rganishni hohlardim. Lekin mustaqil harakatqilsam saytni hajmini telefonni ekraniga moslab yaratolmadim. wap saytlar yaratish haqida ham maslahat bering. unda elektron pochtasi, chat, rasm mp3 lar qo’shish imkoniyatlari mavjud bo’lsin. agar word press da yaratiladi desangiz shu haqida ham qanday qilib yaratish, ekranga avto moslashish haqida batafsil tushuntirib qo’llanmalar yozing. ltimos

  2. «Bepul DNS hosting» шу жумлага тушунмадим, бу нима учун кере сайтга?
    Йоки бирор бир хостинг майдонча ажратиладими???

  3. AGAR boshqa hostingda bo`lganida DNS yozuvlar ma’lum darajada joy egallarmidi?

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*