Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / Dasturchilar yarim qorong’u xonada ishlashni yoqtirishadi

Dasturchilar yarim qorong’u xonada ishlashni yoqtirishadi

Men dasturlash bilan shug’ullanayotganimda yarim qorong’u xonada bo’lishni yoqtiraman. Yaqinda o’qigan maqolalarimdan birida aytilishicha, yarim qorong’u xonada ishlashni yoqitiruvchilar kam emas ekan. Dasturchilarning ko’pchiligi yorug’ xonaga nisbatan qorong’u yoki yarim qorong’u xonalarda ishlashni yoqtirishar ekan.
Fikrimcha, to’liq yoritilgan xonaga nisbatan 80% yoki undan kamroq yorug’lik bo’lgan xonalarda dasturlash uchun o’ziga xos aura paydo bo’lishi bilan birga dasturchining monitorga e’tibori kuchaygan sari xonadagi sokinlik ham ortib boradi. Yarim qorong’u xonadagi chalg’ituvchi buyumlardan holi bo’lib, e’tiboringiz ekranda ko’rinib turgan ishingizga ko’proq yo’naladi.
Albatta, bunda ekranning yorug’lik miqdorini ham hisobga olish zarur. Yarim qorong’u yoki qorong’u xonalarda ishlash me’yoridagi yorug’likka ega honalarda ishlashga nisbatan ko’zni tezroq charchatishi mumkin. Shuning uchun yarim qorong’u xonalarda ishlayotgan dasturchilar ekranlarining yorug’ligini kerakli darajada so’ndirishlari talab etiladi.
Keyingi marta dasturlash bilan shug’ullanayotganingizda xona yorug’ligini avvalgiga nisbatan kamaytirishga urinib ko’ring. Yarim qorong’u xonada ishlash Sizga ham yoqib qolishi ehtimoli bor.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*