Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Dastur versiyalarining bosqichli nomlanishi

Dastur versiyalarining bosqichli nomlanishi

So’nggi paytlarda kompyuter va web dasturlarning turli versiyalari bilan ish olib borishim davomida dasturlarning «beta», «alfa», «stable» kabi bosqichli nomlanishiga e’tibor bera boshladim. To’g’ri, «beta» va «stable» versiyalarning farqi haqida umumiy tushunchaga egaman, ammo dastur versiyalarining nimaga qarab aynan shunday nomlanishi, dasturning «beta» yoki «alfa» bosqichda bo’lishining asosiy belgilari nimalar ekanligi haqida hech qanday bilimga ega emas ekanman. Bir oz izlanish olib borgandan so’ng dastur versiyalarining bosqichli nomlanishi haqida avval bilmagan narsalarimni o’rganib oldim. Ushbu maqolada o’qib o’rganganlarim haqida umumiy ma’lumotlarni yozmoqchiman. Maqolamga asos bo’lgan ma’lumotni ingliz tilida o’qishni xohlovchilar mana bu sahifaga o’tishlari mumkin.

Bilamizki, «alfa», «beta» va «gamma» kabi harflar Yunon alifbosining ilk harflari hisoblanadi. Dastur versiyalarini bu harflar bilan nomlash ilk bor IBM kompaniyasi tomonidan ishlatilgan ekan. IBM g’oyaga ko’ra tayyorlangan, hali foydalanuvchilarga taqdim etilmagan, sinovda bo’lgan dastur versiyasini «alfa» deb nomlashgan. Alfa versiyali dasturda ko’plab kamchiliklar va tuzatilishi kerak bo’lgan jihatlar aniqlangan. Keyinchalik, keng foydalanuvchilar ommasiga taqdim etish uchun tayyor, deb hisoblangan dastur versiyasi «beta» deb nomlangan. Beta dastur ham dastur taqdimotidan avval sinovdan o’tkazilgan va mavjud xatoliklar tuzatilgan. Keyingi versiyalar «Release candidate» («Taqdimotga nomzod») – «gamma» yoki «delta» deb ham nomlangan va maxsulotning taqdimotga tayyor ekanligini bildirgan.

Bugungi kunda juda ko’pchilik dasturlarning faqat alfa versiyasi tayyorlovchi kompaniyada sinovdan o’tkaziladi. Beta versiyali dasturlar esa foydalanuvchilarga taqdim etilib, mavjud kamchiliklar foydalanuvchilarning dasturdan foydalanishlari davomida aniqlanadi va tuzatiladi. Agar biror saytning «beta» versiyada ishlayotganini, yoki biror dastur versiyasining «beta» nomi bilan taqdim etilayotganligini ko’rsangiz, bilish mumkinki bu sayt yoki dastur hali to’liq mukammal emas – unda xatoliklar, kamchiliklar bo’lishi mumkin hamda vaqt o’tishi bilan, foydalanuvchilarda kuzatilishi mumkin bo’lgan muammolar aniqlanishi bilan ishlab chiqaruvchi kompaniya o’z dasturi yoki saytini mukammallashtira boradi.

Dasturlarning versiya bosqichlarini quyidagi chizmada ko’rib chiqamiz:

software_version

PRE-ALPHA bosqichida dastur endigina rejalashtirilayotgan bo’ladi. Bu versiyadagi dastur ustida juda ko’p ishlash kerak bo’ladi. Dasturdan foydalanish faqat sinov maqsadlariga amalda oshiriladi. Dastur rejalashtirilgan funksiyalarni amalga oshira oladigan, dasturchidan boshqa foydalanuvchiga ko’rsatish uchun tayyor bo’lgan holatga kelgandan so’ng u keyingi bosqichdagi versiya nomini oladi.

ALPHA bosqichida dastur kompaniya ichida, boshqa dasturchilar tomonidan sinaladi. Mavjud kamchiliklar to’g’rilangandan so’ng dastur foydalanuvchilar ixtiyoriga topshirilishi mumkin, deb baholanadi. Ammo shunda ham dastur to’liq mukammal, sinovdan to’liq o’tgan, deb hisoblanmaydi.

BETA versiyadagi dasturlar, yuqorida aytganimizdek, foydalanuvchilarga taqdim etilishi mumkin, ammo xato va kamchiliklardan holi bo’lmagan dasturlar hisoblanadi. Uni ichki sinash yoki foydalanuvchilarga taqdim etgan holda sinash kompaniyaning ixriyorida qoladi. Hozirgi kunda ko’pchilik kompaniyalar o’z dasturlari, saytlarining beta versiyalarini foydalanuvchilarga taqdim etgan holda sinashayotgan bo’lishiga qaramasdan, betani faqat ichki sinash asosida mukammallashtirayotgan kompaniyalar ham yo’q emas.

RELEASE CANDIDATE (GAMMA, DELTA) versiyasidagi dastur taqdimotga to’liq tayyor, deb topilgan hisoblanadi. Bu versiyada barcha mavjud tuzatish ishlari yakunlangan bo’ladi. Keyingi versiyalardagi dasturlar foydalanuvchilarga yakuniy maxsulot sifatida taqdim etiladi yoki sotiladi.

RTM versiyasi dasturning reklamasi sifatida ko’plab nusxalarda foydalanuvchilar e’tiboriga havola etilishini anglatadi. Buni «trial» dasturlarda kuzatishimiz mumkin. Bunda dasturdan ma’lum bir vaqtgacha, yoki varq oralig’idagina foydalanish mumkin bo’ladi. Keyingi foydalanish esa faqat dasturni harid qilgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin. Bu versiyaning asosiy maqsadi yangi taqdim etilgan dasturni hammaga tanishtirish va keyinchalik ko’proq haridorlarni jalb qilish bo’ladi.

GA versiyasi dasturning to’liq sotuvga chiqarilganligini, barcha uni saytlardan, savdo markazlaridan harid qilishi / olishi mumkinligini anglatadi.

PRODUCTION / LIVE RELEASE / GOLD versiyasi dasturning to’liq mukammal ekanligini bildiradi. Har bir ishlab chiqaruvchi kompaniya, dasturchi o’z tayyorlayotgan maxsulotining aynan mana shu versiyagacha olib chiqishni xohlaydi.

Dastur kompaniya yoki dasturchi tomonidan rivojlantirilmaydigan, keyinchalik butunlay to’xtatilishi rejalashtirilgan bosqichga yetganda uning versiyasi END-OF-LIFE («umrning oxiri») qilib belgilanadi. Bunday versiyadagi dasturlarni ham internetda ko’plab kuzatishimi mumkin.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

9 ta fikr

  1. Salom Azamat aka shunday malumotlarni köproq töldrisangiz degan umidamiz men sizning eng qiziqarli maqollaringizni o’qib chiqanman va köp narsa örgandim va bilim oldim rahmat va örtog’larim nomidan katta rahmat biz yoshlar sizdek yurtga vataniga sizga öhshab hissamiz tegadi degan yosh avlod bölib ulg’ayabmiz yana bir bor rahmat

  2. Qiziqarli ma’lumot ekan. Raxmat AX

  3. ULuG'Bek MAдрАХимОB

    Ajoyib! Foydali va qiziqarli ma’lumot ekan! Rahmat kotta kon Azamat aka! Biz yoshlarga sizdek yordamini ayamaydigan dasturchi bor ekanligidan barchamiz juda xursandmiz! Yana bir bor rahmat!

  4. Masalan Windows dasturi Gold turida bo’ladimi?

  5. Assalomu aleykum Azamat akka, bir narsada yordamingiz kerak bo’lib qoldi.
    Men microsoft kompaniyasiga bir muommo bo’yicha bog’langandim.
    Chatdagi muloqatda men google translate dan foydalanganman, ingliz tilini uncha yaxshi bilmaganim uchun. Iltimos microsoft chatda javob bergan matnlarni manosini tarjima qilib beraolasizmi, oldindan rahmat.

    Men: I am developing a Speech Recognition Application in C# by using Microsoft Speech API. I need a speech recognizer for the following language : uz-Latn-UZ The Speech Recognition Language does not exists for this language. So I wanna create my own Lightweight Speech Recognition Language for this language. How can i do this?
    10:54 pm
    Microsoft: Sivasubramaniam C.
    Thanks for contacting Microsoft support, my name is Sivasubramaniam C..
    10:54 pm
    Me
    Hello, I am developing a Speech Recognition Application in C# by using Microsoft Speech API. I need a speech recognizer for the following language : uz-Latn-UZ The Speech Recognition Language does not exists for this language. So I wanna create my own Lightweight Speech Recognition Language for this language. How can i do this?
    10:54 pm
    Sivasubramaniam C.
    I am really sorry for the inconvenience caused to you. Not to worry, I will be glad to help you with that
    10:55 pm
    Sivasubramaniam C.
    Let me just check my resources, can you give me at least 3-5minutes?
    10:57 pm
    Sivasubramaniam C.
    Thanks for being patience, Azam
    10:59 pm
    Sivasubramaniam C.
    Thank you for sharing you issue with me. I totally understand how this case such inconvenience for you. Let me tell you that you are reached Microsoft Windows Answer Desk and we are handling the technical issues of Windows in Laptop or desktop. But no need to worry about the issue. The issue is regarding windows pro level support and I just know the right support who can assist you with this. I don’t want to make this time which you spent for this chat with me as a waste of time. So, I will give you the right support place where you have to contact for share your concern and get the right solution. I hope that you can understand our scope of support in this case. I will give you the best service here, that is my pleasure. Is that okay with you?
    11:01 pm
    Sivasubramaniam C.
    Here is the contact number for windows pro level support : 800-936-7341 / 800-936-5700
    11:02 pm
    Me
    OK.
    11:02 pm
    Sivasubramaniam C.
    Thank you for being the best part of our Microsoft family. Microsoft appreciates your patience and kindness. We value your loyalty with us and want your satisfaction always. Have a wonderful day ahead.
    11:04 pm
    Me
    I am live in Uzbekistan, problem call, the number 800-936-7341
    11:07 pm
    Me
    How create language pack for speech sdk, I create myself
    11:09 pm
    Sivasubramaniam C.
    I am really sorry for the inconvenience caused to you
    11:09 pm
    Sivasubramaniam C.
    Here is the windows phone support number : 1800-642-7676
    11:10 pm
    Sivasubramaniam C.
    Can you try this number
    11:10 pm

    • Menimcha siz noto’g’ri bo’lim bilan bog’langansiz.
      Ingliz tilini bilmasangiz o’zingiz xohlagan narsani yozishingiz bir oz qiyin bo’lishi mumkin. Telegramdagi nomeringizni yozib yuboring, sizni o’zbek dasturchilari guruhiga qo’shaman. O’zbek tilida muammolaringiz haqida so’rab, maslahat olishingiz mumkin bo’ladi.

  6. salom men ingiliz tilini organmoqchiman qanaqa qilib tez organsa boladi

  7. Salom azamat akka
    Meni o’zbek dasturchilari guruhiga qo’shib qoying iltimos, Telegram nomerim (998945752751)

  8. Guruh qo’shdingizmi? dasturlashda bitta muommo bor edi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*