Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Chrome panelini saytingiz rangiga moslash

Chrome panelini saytingiz rangiga moslash

Android qurilmalarida ishlaydigan Chrome brauzerining 39-versiyasidan e’tiboran brauzer panelini o’z saytingiz rangiga moslashtirishingiz mumkin. Ahamiyatsizdek tuyulgan bu kichik imkoniyat saytingizdan mobil qurilmalar orqali foydalanuvchilar uchun o’ziga xos kayfiyat taqdim etadi. Quyidagi ko’rinishlarga e’tibor qarating:

Birinchi holatda (Google Plus saytida) Chrome brauzerining panel (sayt manzili yozilgan yuqori qismi) rangi o’zgarishsiz qolgan. Ikkinchi holatda esa (Azamat.uz saytida) brauzer paneli rangi sayt rangiga moslashgan. Uchinchi holatdagi Facebook saytining mobil ko’rinishida brauzer rangi Facebook saytining rangiga moslashgan.

Siz ham saytingizni Android qurilmalarida brauzer paneli rangini o’ziga moslashtiradigan qilmoqchimisiz?

Saytingizning <head> qismiga brauzer panelining rangini o’zgartirish haqida ko’rsatma beruvchi name="theme-color" yozuvli meta tegini qo’shishingiz kerak. Saytingizning <head> qismini shabloningizdagi header.php fayli ichidan topishingiz mumkin. Brauzer rangini saytingiz rangiga moslash uchun quyidagi tegdan foydalaning:

<meta name="theme-color" content="#db5945">

Yuqoridagi #db5945 o’rniga o’zingizga kerakli bo’lgan rang kodini qo’yishingiz talab etiladi. Googleda «color picker» deb qidirsangiz, rangning ushbu ko’rinishdagi kodini aniqlab beruvchi ajoyib asbob ko’rsatiladi.

Ushbu maqola saytingizning yanada zamonaviyroq bo’lishiga hissa qo’shgan bo’lsa, uni do’stlaringizga ham ulashing!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*