Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / CEFRda tilni bilish darajalari

CEFRda tilni bilish darajalari

Ingliz tilini CEFR mezoniga ko’ra bilish darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

A darajasi – elementar darajada o‘zlashtirish:

A1 daraja – nomzod aniq vazifalarni bajarish uchun lozim bo‘lgan tanish iboralarni tushunadi va o‘z nutqida ishlata oladi; o‘zini tanishtira oladi, boshqalarni tanishtira oladi, yashash manzili, tanishlari, mulki haqida savollarni bera oladi va shunday savollarga javob bera oladi, agarda suhbatdoshi sekinroq gapirsa va yordam berishga tayyor bo‘lsa qiyin bo‘lmagan suhbatda ishtirok eta oladi.

A2 daraja – nomzod hayotning asosiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim gaplarni va ko‘p uchraydigan iboralarni tushunadi (masalan, o‘zi va oila a’zolari haqidagi asosiy ma’lumotlar, xaridlar, ishga joylashish va h.k.); tanish va kundalik mavzularda ma’lumot almashinuvi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajara oladi; o‘zi, yaqinlari va qarindoshlari, kundalik hayot jarayonlari haqida sodda iboralar bilan gapirib bera oladi.

B darajasi – mustaqil o‘zlashtirish:

B1 darajasi – nomzod ishda, o‘qishda va boshqa holatlarda kelib chiqadigan mavzular bo‘yicha adabiy tilda berilgan ma’lumotlarning asosiy fikrlarini tushunadi; o‘rganayotgan til mamlakatida bo‘lganida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning aksariyatida muloqot qila oladi; tanish bo‘lgan yoki o‘zini qiziqtirgan mavzularda matn tuzaoladi; taasurotlarini, voqealarni, umidlarini, intilishlarini ta’riflab bera oladi, o‘z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila oladi.

B2 darajasi – nomzod abstrakt yoki aniq mavzularda yozilgan matnlarning umumiy mazmunini tushunadi, shu jumladan, mutaxassislikka oid mavzularda matnlarni; chet tili ona tilisi bo‘lgan shaxs bilan muloqotlarda ikkala tomon uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydigan darajada tez gaplasha oladi; turli mavzularga aniq, atroflicha ma’ruza qilaoladi, asosiy muammoga bo‘lgan o‘z fikrini bayon eta oladi, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata oladi.

C darajasi – to‘liq o‘zlashtirish:

C1 darajasi – nomzod turlicha mavzularga bo‘lgan katta hajmdagi matnlarni tushunadi, yashirin ma’nosini aniqlay oladi; tez gapira oladi; so‘zlar va iboralarni tanlashda qiyinalmaydi; o‘zining ilmiy va mutaxassislik faoliyatida xorijiy tildan muloqot uchun samarali foydalanadi; murakkab mavzularga aniq, yaxshi tuzilgan ma’lumotni yetkazib bera oladi, matnni tuzish modellaridan, bog‘lanish va birlashtirish elementlaridan foydalanish qobiliyatlarini namoyon qila oladi.

C2 darajasi – nomzod tilni mukammal darajada biladi deyarli barcha og‘zaki yoki yozma ma’lumotlarni tushunadi; bir nechta og‘zaki va yozma manbalarga asoslangan holda matn tuza oladi, yuqori tempda va aniqlikda gapira oladi, hattoki eng murakkab vaziyatlarda ham ma’no tuslarini ko‘rsata oladi.

O’zbekistondagi chet tillarni bilish darajasini aniqlash milliy tizimi ham huddi shu me’zonga asoslangan holda chet tillarni bilish darajasini baholaydi. Milliy tizimimizning chet tillarni bilish darajasini baholashga oid boshqa vazifalari haqida bilib olish uchun mana bu yerga murojaat qiling.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Bitta fikr

  1. Assolomu alaykum Iltimos menga Ieltsdan yaxshi tayyorlovchi o’quv markazi yoki o’qituvchining telefon raqamini bera olmaysizmi?, javob uchun oldinda rahmat.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*