Bosh sahifa / TOEFL va IELTS / CEFR haqida umumiy ma’lumot

CEFR haqida umumiy ma’lumot

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til  Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.

Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bog’liq. XX asrning o’rtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish o’rinlari yaratilib, ko’proq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. O’sha vaqtda Yevropada Ispan, Nemis, Fransuz va Italiyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi. Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar mahsus imtihonlar topshirishlari kerak bo’lgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng ko’p hollarda ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan.

CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989-1996 yillarda amal qilgan «Language Learning for European Citizenship» («Yevropa Fuqaroligi uchun Til O’rganish») dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001-yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.

CEFR tizimi tillarni bilish darajasini uchta: A, B va C guruhlarga ajratgan holda baholaydi. CEFR darajalari sifatida berilgan baho quyidagilarni anglatadi:

  • A1 va A2 darajalar – tilni endi o’rganayotgan, boshlang’ich bosqichdagi foydalanuvchi,
  • B1 va B2 darajalar – tildan erkin foydalana oladigan, o’rtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi;
  • C1 va C2 darajalar – tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilar

Bugungi kundagi IELTS va hatto O’zbekistonda endigina tashkil etilib, rivojlanayotgan NSFLA tizimlari ham Ingliz tilini Yevropa standarti, CEFR bo’yicha bilish darajasini baholash va aniqlashga asoslangan. Demak, bu turdagi ingliz tilini bilish va egallash darajasini aniqlash, baholash, o’rgatish va o’rganish tizimlari asosan Yevropada tildan foydalanish hamda Yevropa sharoitida muammosiz muloqotga kirisha olish darajasiga asoslangan.

CEFR asosidagi tilni bilish darajasini aniqlash imtihonlari asosan foydalanuvchilarni to’rt yo’nalish: gapirish, o’qish, tinglab tushunish va yozish ko’nikmalarining qay darajada rivojlanganligiga qarab baholaydi. Tizimda bu turdagi imtihonlarning har bir yo’nalishi uchun mahsus yo’riqnomalar, qoidalar va talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda ushbu turdagi imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish uchun ham alohida yo’nalish va ko’rsatmalar nazarda tutilgan.

Xulosa qilib aytganda, CEFR – Yevropadagi barcha gaplashiladigan, amalda bo’lgan tillarni bilish darajasini aniqlash, o’rganish va o’rgatish usullarini targ’ib qiluvchi til ko’nikmasi qolipi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

21 ta fikr

  1. kollej va litseylar uchun 2 bosqich darsligi bormi?

  2. Cefr*da ham IELTSga oxwab sertfikat beriladimi berilsa qancha vaqt amal qiladi?

    • CEFT test emas, shunchaki daraja me’zoni.

      • Assalamu alaykum Azamat aka !
        TOEFL va IELTS ni qo’shib o’rgansa bo’ladimi ?
        Aralashib ketmaydimi?

          • Azamat aka sizga bir savolim boridi Websum hozir ishlavotdimi?
            Man registratsiyadan o’tgandim e mailimga xat kemadi 1 oy kutdm kemadi keyin boshqa akaunt ochdim ungayam kemadi Mail.ru ga xabar jonatmayapti(spamdayam yo’q)yandex.ru digi emaildanam registratsiya qldim lekin ungayam sms kemadi Nima qilsam bo’ladi Yoki saytda tamirlash ishlari ketvotdimi
            iltimos javob bering

          • Birinchidan Siz savolingizni CEFT haqida umumiy ma’lumot maqolasiga nisbatan yozayapsiz. Menimcha, qaysi sahifada ekanligingizni umuman o’qimagansiz. Men esa ma’lumotlarimga nisbatan bunday xurmatsizligingizni ijobiy qabul qila olmayman.
            Ikkinchidan, men hech qaysi tomonlama WebSum bilan bog’liq emasman. U yerda ishlamayman, WebSum esa mening fikrlarimdan to’liq mustaqil tarzda ish yuritishadi. Nega bu savollarni WebSum ma’muriyatiga bermaysiz?
            Uchinchidan, iltimos, o’z ustingizda ko’proq ishlang. Har holda, Vatanimiz kelajagi yoshlar qo’lida.

          • Diyora Sadikova

            Assalom alekum.Yaqinda Vazirlar Mahkamasinig Ta’lim muassasalarida chet tillarini uqitishni yaxshilash tug’risidagi qaroriga kuzim tushgan edi.Bu qsrorda uqitish muassasalarida 2018-2019 uquv yillaridachet tillari buyicha olinadigan imtihonlardaCEFR dan kursatilgan darajaga ega bulgan abiturientlarni maksimal ball berish orqali imtihondan ozod etilishi tug’risida aytib utilgan.Aytingchi mening IELTSbalim bulsa ham testdan ozod etilishim uchun albatta CEFR topshirishim shartmi.Ammo sahifangizda EILTSham CEFR asosida tuzilgan boxolash test usuli ekanligini uqigan edim.Agar ozod etilishim uchunCEFR uqishim shart bulsa unga tegishli qanday darsliklarni maslahat berasiz.Iloji bulsa aniq nomlari bilan keltirsangiz.

          • Menimcha IELTS sertifikati qabul qilinmaydi. CEFR ham IELTS bilan bir xil ko’nikmalarni sinovdan o’tkazadi. IELTS uchun qanday tayyorgarlik ko’rgan bo’lsangiz, CEFR sinoviga ham huddi shunday tayyorlanishingiz mumkin.
            Tinglab tushunish, o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalarini rivojlantiring. Cambridge kitoblarini tavsiya qilaman.

  3. Akademik litsey 3-bosqich o’quvchilari ham topshirsa bo’ladimi?

  4. Assalomu Alaykum Hurmatli Azamat Aka sizga bita savolim bor IELTS ga toshirib IELTS qogozini olib bolgandan song CEFR va TOEFL kabi test tizimlariga topshirib ulardan ham sertifikat olsam boladimi? IELTS ning bunga aloqasi yoqmi?

  5. CFERga qaysi manba-dasturlar asosida tayyorlanish Kerak? headway asosida tayyorlanish yetarlimi?

  6. Sefrda til bilish darajasi aniqlash va ustama haqqi belgilash testlari orasida farq bormi sertifikatlarichi bir xilmi

  7. Salom Azamat aka. 2017-yil 11-avgustda Vazirlar Mahkamasinig Ta`lim muassasalarida chet tillarini o’qitishni yaxshilash to’g’risidagi qaroriga qabul qilindi. Bu qarorda OTMlarida 2018-2019 o’quv yillarida chet tillari bo’yicha olinadigan imtihonlarda CEFRdan ko’rsatilgan darajaga ega bp’lgan abiturientlarni maksimal ball berish orqali imtihondan ozod etilishi to’g’risida aytib o’tilgan.
    Tushunishim bo’yicha, IELTSdan imtihondan topshirmay, NSFLA.uz tizimi orqali ma`lum darajani egallasam, chet tili bo’yicha imtihonlardan ozod etiladi. To’g’rimi?

  8. Assalomu aleykum hurmatli sayt boshqaruvchisi. Sizga savolim bor edi. CEFR egzamenini toshkentda qayerda topshirsak bo’ladi va narxi qanaqa? Iltimos shu haqida ma’lumot berishingizni so’rayman. Oldindan rahmat. Suhrob Matchanov

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*