Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / Buyum yasab internet orqali sotish uchun eng yaxshi 8 ta sayt

Buyum yasab internet orqali sotish uchun eng yaxshi 8 ta sayt

O’tgan yili AQShga pochta orqali bir necha buyumlarni sovg’a sifatida yuborishimga tog’ri kelgandi. Ular milliy uslubda tayyorlangan gilamlar, pichoqlar, bir nechta milliy kiyimlarni o’z ichiga olgan edi. Shunda bu buyumlarni pochta orqali xorijga yuborish uchun maxsus ekspertizadan o’tkazib, tegishli tartibda sertifikat olishim kerakligi haqida xabar berishgandi. Ekspertizadan o’tkazdim, juda qimmat bo’lmagan to’lovni to’ladim, maxsus sertifikatni olganimdan so’ng barcha buyumlarni pochta orqali yubordim. Bir oy ichida buymlar kerakli manzilga to’liq yetkazildi.

Bugun xunarmandlarimiz milliyligimiz aks etgan buyumlarni o’z saytlari orqali xorijga sotishlari mumkinligi haqida o’ylab qoldim. Xorijda milliy maxsulotlarimizga bo’lgan talab katta. Qiziqish ham yuqori darajada. Shunday ekan, nafaqat xunarmandlarimiz, balki vaqt ajratishi mumkin bo’lgan har kim sayt ochib, unda milliy maxsulotlarimizni xorijga sayt orqali sotishlari mumkin. Buning uchun bitta sayt, yaxshi rasmga olish uskunasi (fotoapparat yoki telefon/mobil qurilma) va ishga bo’lgan qiziqish bo’lsa bo’lgani! Hunarmandlarda mavjud buymlarni birma-bir rasmga tushurib, saytga narxini ko’rsatgan holda chiqarish mumkin. To’lovni ham avtomatlashtirish mumkin: maxsulot uchun to’lov amalga oshirilib, hisobingizga pul kelib tushgandan so’nggina maxsulotni to’lovchining ko’rsatgan manziliga pochta orqali yuborasiz. Bu ham, adashmasam, milliy maxsulotlarni eksport qilishning bir ko’rinishi – yurtimiz iqtisodiyoti uchun foydali ish!

Albatta bu faoliyatni qonunda belgilangan tartibda amalga oshirish kerak. Pochta orqali jo’natadigan har bir maxsulotingizni ekspertizadan o’tkazib, kerakli tartibda rasmiylashtirasiz. Siz yashaydigan joyga eng yaqin Madaniyat ishlari boshqarmasi orqali bu sohaga aloqador boshqa qonunlar, qoidalar, talablar haqida bilib olish mumkin. Balki bu faoliyat uchun alohida soliq turlari ham mavjuddir. Bular haqida to’liq ma’lumotni o’zingiz yashaydigan joyga yaqin soliq boshqarmasi yoki hokimiyatdan olasiz.

Agar sayt tashkil etishni istamasangiz nima qilish mumkin? Quyida o’zingiz yasagan, yoki sotishni rejalashtirgan xunarmandchilik buyumlaringizni sotish uchun eng qulay bo’lgan 8 ta saytni keltirib o’tmoqchiman. Ularning hammasi ham buyumlaringizni sotish uchun juda qulay bo’lmasligi mumkin. Ammo ularning har biri o’z yaratuvchangilingiz bilan hosil qilgan narsalaringizni sotish uchun ajoyib imkoniyatlarni taqdim eta oladi!

1. ETSY.COM – Sayt doirasida o’z do’koningizni yaratishingiz mumkin. Barcha kerakli qulayliklar Siz uchun tayyorlab qo’yilgan. Nimadir sotish niyatingiz bo’lmasa ham saytga bir marta kirib ko’ring. Odamlar yasagan ajoyib va bejirim buyumlarning qanchalik ko’p miqdorda sotilayotganligiga guvoh bo’lasiz.

2. EBAY.COM – Istalgan boshqa narsalar bilan bir qatorda turli materiallardan yasalgan bejirim buyumlar sotiladi. Tarmoq o’n yil avvalgidek mashxur bo’lmasa ham, eBay orqali juda ko’p haridorlarni topishingiz mumkin.

3. ARTFIRE.COM – Bu sayt hech bo’lmasa bir marta kirib ko’rishingizga arziydi. Dunyo bo’ylab ko’plab kishilar o’zlari yasagan san’at asarlarini bu sayt orqali sotishadi. Shaxsan menga bu saytdagi ko’p buyumlar yoqdi.

4. FOLKSY.COM – Britaniyada asos solingan ajoyib tarmoq. Bu yerda ham o’zingiz yasagan, tayyorlagan buyumlarni sotishingiz mumkin. Tikuvchilar uchun ham alohida imkoniyatlar bor!

5. CRAIGSLIST.COM – E’lonlar berish uchun ajoyib sayt. Uni g’arbning ko’pchilik davlatlari asosiy e’lonlar sayti sifatida ishlatishadi. Saytda sotayotgan buyumlaringizni reklama qilishingiz mumkin.

6. CAFEPRESS.COM – Rasm yoki yozuv bosilgan kiyim, idish va boshqa buyumlar savdosi sayti. Deyarli istalgan uslubdagi dizayn mahsulotlarini sotishingiz mumkin.

7. ZAZZLE.COM – Tikuvchilar va kiyim dizaynerlari uchun mo’ljallangan savdo sayti. Mohir tikuvchilarimiz ushbu sayt orqali katta foyda ko’rishlari mumkin. Saytda nafaqat kiyimlarni, balki chiroyli dizayn qilingan g’iloflar va boshqa mato asosida tayyorlangan buyumlarni topishingiz mumkin.

8. SPREADSHIRT.COM – Yozuv va rasm bosilgan fubolkalar savdosi sayti. Toshkent shahrida bu faoliyat turiga ixtisoslashgan bir nechta do’konlarni ko’rgandim. Nega ular internet orqali o’z maxsulotlarini xorijga ham taklif qilishmaydi? O’zbekiston bayrog’i yoki gerbi tasvirlangan milliy ruhdagi futbolkalarni xorijdagi o’zbeklar katta talab bilan harid qilishlari mumkin.

Agar mahsulotlaringizni O’zbekistonda yoki xorijda sotishingiz uchun maxsus imkoniyatli sayt kerak bo’lsa murojaat qiling. O’zingiz istagan turdagi saytni buyurtma asosida tayyorlab beramiz!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

13 ta fikr

  1. Hayrli kun Azamat aka!
    Maqolangiz uchun katta rahmat. Aytolmaysizmi, chetga pochta orqali banderol jo’natish narxi taxminan qancha?

  2. Mana bu g’oya men albatta buni amalga oshiraman g’oya uchun rahmat. Yana shundey o’zimizda amalga oshirsa bo’ladigan g’oyalardan ko’proq yozin

  3. pochta.uz saytining qaysi sahifasida narxlar berilgan men topa olmadim

  4. Afsuski fikrizga qo’shilmiman sababi menda internet magazin bor va O’zbekiston hududida yaxshi yuryapti
    pochta.uz dan ma’lumot topa olmaganimga kelsak sizga yozgan payt rostanam topa olmagandim ammo keyin topganman(qonun bilan ham tanishib chiqdim). Xatto milliy uslubda buyum yasekkon hunarmand bilan ham gaplashib qo’ydim tajriba uchun uchinchi domenli internet magazin ham yaratdim(hozircha albatta). Men ham sizni keng fikrlaydigan inson dip o’ylagandim yosh bollardanam battar tez xulosa chiqarar ekansiz

  5. assalomu alaykum Azamat aka. Men O’zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi Ismoilov Javohir. Men «Buyum yasab internet orqali sotish uchun eng yaxshi 8 ta sayt» maqolangizni o’qib u yerda bizlarga yaratilgan imkoniyatlarni ko’rib hayratlandim va siz aytganingizdak o’zim uchun zarur bo’lgan narsan sizning malumotingiz orqali kashf qildim. Gap shundaki meni Etsy.com sayti juda hayron qoldirdi , u yerdagi sotuvchilarning ishlari juda chiroyli va go’zal men ham mana shu sayt orqali milliy hunarmandchiligimizga o’z hissam qo’shish va uni jahonga chiqarish va xalq amaliy ishlariga qiziqishim va talaba bo’lganim qo’shimcha daromad hanna bo’lgani bu sayt men uchunligini bildim. Siz aytganingizdek avval bu sayt haqida malumotlar to’plash qanday ishlalsh yo’llari bilan juda ko’p izladm boshqa saytlarda bu sayt haqidagi fikrlarni o’qib juda zo’r saytligini bildm. pochta.uz saytiga kirib narxlar bilan ham o’rtoqlashdim. sizdan yana bir maslahat va savolim shuki
    1.bu sayt asosan PAYPAL tizimida ishlar ekan bizda esa bu tizim hali yo’q shunga nima qilsam bo’ladi??
    2. posilkani jo’natish uchun yo’riqnoma berasangiz masalan mendan AQSHlik buyum sotib oldi men u buyumni pochta orqali qanday yuborsam bo’ladi ketma ketlikda tushuntirsangiz iltimos hujjatlar qayerga borshim va boshqalar. barcha bu haqidagi ma’lumotlar Rossiya pochtasi uchun bo’lgani sabab shu yo’nalishlarda ozgina qiynaldim .
    javobingizni kutaman oldindan rahmat!!!

  6. Assalomu aleykum. Men ham sayt orqali mahsulotimmi chetga sotib pochta orqali yuboraman. Lekin bir gap eshtib qoldim, pochta orqali yilda bir ikki marta mahsulot jonatsangiz boladi lekin har hafta nomizdan tovar jonata olmisiz tekshirishadi shtraf solishadi deyishdi. hayronman rostan ham shundaymi. Mahsulotlarimmi donalab sotaman donalab jonataman shunga ham ruhsat yomi ltimos shular haqida malumot bersangiz hursand bolar edim

  7. Assalomu alaykum Azamat aka. Ajoyib sayt, ajoyib fikrlar va foydali ma’lumotlar to’la saytingizni ko’rib hayron qolaman.Til kurslaridan tortib biznes g’oyalargacha hammasi bepul havola etilgan. Aka, man bu mehnatingizni juda yuqori baholagan bo’lardim, lekin hamma ham emas. Chunki zar qadrini zargar biladi. Olmosni bepul beryapsiz ko’mirchilarga mening nazdimda. Ko’mirchi siz bergan narsani olmosligini bilmayapti ham. Bundan sizga nima naf ? Shu meni hayron qoldiradi.

    • Jahongir xafa bo’mengu Lekin Deyarli 99% yosh dasturchilar Azamat va Anvar akalarni chop etgan maqolalarini o’qib o’rganib kelyapti.Kim yomonlasa o’ziga Azamat akani mehnatini biz qadrlaymiz hech kim qadrlamasayam.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*