Bosh sahifa / Abituriyentga / Bugundanoq xorijiy universitetda o’qishni boshlang!

Bugundanoq xorijiy universitetda o’qishni boshlang!

Universitetning asosiy maqsadi talabalarga yo’nalishlar asosida bilim berish. Universitetda o’qishni xohlagan talabalarning asosiy maqsadlari esa o’zlari tanlab olgan yo’nalish bo’yicha shu universitetda dars beradigan malakali, tajribali va o’z fan sohasi bo’yicha yuqori darajalarga erishga o’qituvchilardan ilm sirlarini o’rganish. Agar xorijiy davlatlarda o’qishni qachondir orzu qilgan bo’lsangiz, u yerdagi universitetning barcha fanlari ingliz tilida o’tiladi. Tabiiyki, Siz tanlab olgan soha qanday bo’lishidan qat’iy nazar (biologiya, matematika, tillar yoki huquqshunoslik) fanlar ingliz tilida o’tiladi. Sizga hoziroq xorijiy universitetda, darslar to’liq ingliz tilida o’tiladigan, malakali xorijlik professorlar tomonidan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda qatnashishga taklif qilishsa, rozi bo’larmidingiz? O’zingiz tanlab olgan soha bo’yicha xorij universitetida, to’liq ingliz tilida, HOZIRDAN o’qishni boshlashga tayyormisiz?

Yana takror aytish xato bo’lmaydi-ki, universitetda o’qishdan asosiy maqsad – bilim olish. Agar Siz haqiqiy ilm shaydosi bo’lsangiz, xorij universitetida o’qishni xohlasangiz va bundan maqsadingiz faqat ilm olish bo’lsa, Siz uchun hozirdan xorij universitetida bepul tahsil olish imkoniyati mavjud. Faqat buning uchun xorijiy davlatga borish shart emas. Hammasi internet orqali! Maqsadi ilm olish bo’lgan kishi uchun xorijga borib o’qish, yoki internet orqali tahsil olishning hech qanday ahamiyati bo’lmasligi kerak. Ma’lumotlar bilan tanishing:

P2PU (Peer to Peer University – Yuzma-yuz universitet) onlayn ta’lim universiteti juda katta o’rganuvchilar va o’rgatuvchilar jamoasiga ega. Bu sayt universitet hisbolanib, unda talabalar o’z xohishlariga ko’ra tanlagan sohalari bo’yicha AQSh, Angliya, Avstraliya, Kanada va boshqa nufuzli davlat universitetlari professor-o’qituvchilaridan dars olishadi. Darslar xorijiy universitetlarda qanday o’tiladigan bo’lsa, bu saytda ham huddi shu uslubda o’tiladi.

Xizmatdan foydalanish bepul. Xohlagan kishi, ingliz tilini muloqot qila olish darajasida yaxshi bilgan holda, saytga a’zo bo’lib, o’zi tanlagan soha bo’yicha xohlagan professorining darsiga qo’shilishi mumkin. Turli davlatlarning universitet o’qituvchilari bu saytga a’zo bo’lishga va ko’ngilli sifatida butun dunyodan yig’ilgan ilmga chanqoq talabalarga vaqt ajratib, dars berishadi.

Ta’lim olish bepul bo’lib, har kim saytga a’zo bo’lishiga qaramasdan, hamma birdaniga darslarga olinmaydi. Darslarning sifatli o’tishini ta’minlash va o’qituvchilarning har bir talaba bilan yakkama-yakka suhbatlashib, savol-javob qilib dars o’tishiga imkoniyat yaratish hamda darslarning odam ko’payib, tiqilinch bo’lib ketishining oldini olish maqsadida har bir yo’nalish bo’yicha kurslarga talabalar navbat bilan, sinovdan o’tkazilib qabul qilinadi. Darslarga qabul qilinadigan talabalar soni cheklangan. Professor o’qituvchilar o’zlariga qulay vaqtda saytga kirganida talabalar ham belgilangan vaqtda saytga kirib, darsga tayyor bo’lishlari talab etiladi.

Hozirda bu onlayn universitetda Garvard, Oksford, Kembrij kabi mashxur universitetning professor o’qituvchilari turli fanlardan bepul darslar o’tayotganligi sababli P2P Universitetining nufuzi kun sayin oshib ketayapti. Agar ingliz tilini mukammal darajada bilishsa, bu universitet eshiklari O’zbekiston yoshlari uchun ham ochiq. www.p2pu.org saytiga kirib onlayn universitetda dars berayotgan o’qituvchilar bilan shaxsan tanishishingiz, ularning profillarini ko’rib chiqishingiz mumkin.

Bu onlayn universitet faqat va faqat ilm olishga yo’naltirilgan. Bu saytdan faqat ilmni o’rganishni maqsad qilganlargina foydalanishadi. Shuning uchun bu universitet bitiruvchilariga hech qanday diplom bermaydi. Darslar dunyoga mashxur universitetlar professorlari tomonidan o’tilib, ilm o’rganish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan bo’lsa-da, universitet talabalarga diplom berish ma’suliyatini o’z zimmasiga olmaydi. Bu saytdan faqat ilmingizni oshirish, o’rganish uchun foydalanishingiz mumkin.

Agar Siz ham ilm o’rganishni xohlasangiz, ingliz tilini mukammal darajada bilsangiz, xorijiy universitetda o’qishni xohlasangiz www.p2pu.org onlayn universiteti a’zosi bo’ling va tanlagan yo’nalishingiz bo’yicha talaba sifatida darslarga qatnashing. Menimcha, bu sayt darslaridan foydalanish kelajakda xorijda o’qishni rejalashtirayotgan, xorijga o’qish uchun ketish istagida yurgan yoshlarimiz uchun o’zlarini sinab ko’rish, ingliz tili bo’yicha imkoniyatlarini chamalab ko’rish va xorijda o’qiy olishlariga yana bir bor ishonch hosil qilishlari uchun yaxshi imkoniyat. Ilm talab qilishdan hech qachon to’xtamang!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

5 ta fikr

  1. Assalomu aleykum Azamat aka, Toshkentdagi Amerika elchixonasida haftada bir marta juma kunlari, amerikaliklar guruhda dars o`tar ekan, Uni nomi «Choyxona » mi shunga o`xshash edi, Saytidan ko`rdim, shu haqida bilmaysizmi? borsa bo`ladimi?

  2. Tolafizni yaxshi oshirishda ovqatlanishning va tishlarning notekisligiga ham bog’liq ma? jovobga oldinon rahmad

  3. Salom Azamat aka, men matematika o’qitish metodikasi yunalishida 4 Kurs talabasiman, shu yunalishim buyicha magistraturada Malaysia yoki Australia da grant bormi? Kontrakt narxlari qancha wu davlatlarda magistraturada uqish, javob u.n oldindan raxmat.

    • O’zingiz o’qiyotgan oliygohning «Xalqaro aloqalar» bo’limiga shu savolingiz bilan murojaat qiling. Qo’shimcha ma’lumotlarni Google orqali izlab topishingiz mumkin. Grantlar.uz saytida ham shu kabi ma’lumotlar chiqarilishini bilaman.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*