Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / «Bitiruvchilar online vinetkasi» sayt g’oyasi

«Bitiruvchilar online vinetkasi» sayt g’oyasi

Yaqinda maktabni bitirganimizning 10 yilligini nishonlashni reja qilib sinfdoshlarimiz bilan Telegramdagi guruhda g’oyibona bo’lsa ham diydorlashdik. Hamma o’zgargan, ba’zilar sinfdoshlarni unutib ham yuborgan, ko’pchilikning na telefoni, na manzili bor 😀 Ammo yig’ilganlarning hammasi yillar o’tib yana aloqada bo’lib turishganidan xursand!

Kimda maktab davrimizdagi eski fotosuratlar bo’lsa Telegram guruhimizga chiqarishdi. Ularning ba’zilarida o’zim ko’rib bir necha asr ilgari bo’lib o’tgandek tuyulgan hayotim lavhalarini esladim.

Maktab, kollej/litsey va oliygohlarni bitirish vaqti yaqinlashganigami, yoki bitiruvimizning 10 yilligi haqida o’ylaganimgami vinetkalar haqida eslab qoldim. Hozirgacha menda 4 ta vinetka yig’ilgan ekan. Ularni uzoq yillar davomida saqlab qo’ysam, keyingi bir necha o’n yilliklar davomida menga o’quvchilik va talabalik davrlarimni eslatib turadi.

Kasbimdan kelib chiqqan holda «Bitiruvchilar Online Vinetkasi» saytini yaratish g’oyasi haqida o’ylab qoldim. Hozirgi kunda deyarli hammaning internetga ulana olish sharoiti borligi va vinetkalarni qog’oz shaklida emas, elektron ko’rinishda online saqlash mumkinligini hisobga olsak, bu turdagi saytni O’zbekistonda birinchilardan bo’lib yaratish ancha katta ish bo’lishi mumkin.

Biz vinetkalarning ananaviy fotosuratlar asosidagi kitobcha ko’rinichida bo’lishiga odatlanganmiz. Ammo rivojlangan xorijiy davlatlarning ko’pchiligida online, elektron vinetkalar xizmati allaqachon joriy etilgan. Ularning tajribasiga tayangan holda bizning O’zbekistondagi biritiruvchilar talabi va sharoitini o’rganib o’zbek va rus tilida ishlaydigan online vinetkalar sayti tashkil etilsa, bu sayt minglab sinflar vinetkasini qisqa fursatda jamlashi, ko’pchilik sinfdoshlarni birlashtirishi va sayt egasiga ancha katta foyda keltirishi mumkin.

Mening fikrimcha risoladagi online vinetka sayti quyidagicha funksiyalarni o’z ichiga olishi kerak:

  • Sayt TAS-IX tizimida bo’lishi kerak va .uz domeni asosida ishlashi kerak;
  • Saytda O’zbekiston bo’yicha maktablar, kollejlar, litseylar, oliygohlar, xarbiy bilim yurtlari katalogi yaratilishi kerak;
  • Har bir maktab, oliygoh bo’limi bitirish yillariga ko’ra ajratilishi kerak va ularning har birida sinflar yoki guruhlarga bo’lish asosida vinetkalar joylashtirilishi kerak;
  • Istagan foydalanuvchi saytga a’zo bo’lib yangi vinetka tashkil eta olishi kerak (avvaldan vinetka bo’lmasa);
  • Foydalanuvchi tomonidan yuklangan rasmlar avtomatik tarzda vinetkaga chiroyli ko’rinish bilan joylashtirilishi kerak;
  • Yuklangan rasmni faqat yuklagan odamning o’zi o’chirishi mumkin bo’lishi kerak;
  • Boshqa sinfdoshlar ham mavjud vinetkaga yangi rasmlar qo’sha olishi kerak;
  • Vinetkada har bir o’quvchi yoki talaba rasmidan tashqari uning telefon raqami, manzili, email manzili yoki shunga o’xshash o’zi ko’rsatishni lozim topgan ma’lumotlari joylashtirilishi kerak;
  • Vinetkalarni parol bilan ximoyalash funksiyasi taklif etilishi kerak (istalgan sinf o’z vinetkasini faqat parolni kiritish orqali ko’rsatadigan qilib qo’yishi mumkin);
  • Bitiruvning har 10 yil, yoki 20 yilligida vinetkadagi eski rasm yoniga sinfdoshlarning hozirgi holatda tushgan, yangi rasmi joylashtirilishi joriy qilinishi mumkin. Kimning ko’rinishi qanchalik o’zgarganini ko’rish qiziqarli bo’lsa kerak 🙂
  • Sinfdoshlar uchun saytda chat tashkil etish mumkin. Chatni Telegram orqali ishlaydigan (Telegram orqali chatga kirish mumkin) qilish kerak;
  • Saytda vinetka va rasmlardan tashqari video arxiv tashkil etish ham mumkin;
  • Saytda sinfdoshlar uchrashuvi uchun e’lonlar doskasi bo’lishi kerak. Uchrashuv qachon, qayerda bo’lishi bir necha yil avvalroq yozib qo’yilishi kerak;
  • Taklifnoma va xabarnoma xizmatlari ham bo’lishi kerak: sinfdoshlardan kimdir to’y qilsa, yoki biror tadbir rejalashtirsa, sayt orqali boshqa barcha sinfdoshlarga taklifnoma, xabar yubora olishi kerak;
  • Sayt dizayni maktabga xos bo’lishi, sinfdoshlarga maktabni eslatib turishi kerak;
  • Saytda interaktiv xizmatlar iloji boricha ko’proq bo’lishi kerak.

Sayt tayyorlashning biror yangi g’oyasi haqida yozsam, albatta bu saytdan olinishi mumkin bo’lgan daromad haqida ham yozmasam bo’lmaydi. Aybga buyurmaysiz, kasbiy yondoshuv 🙂 Bitiruvchilar online vinetkazi saytini tashkil qilgan kishi quyidagi pulli xizmatlarni saytda joriy qilish orqali yaxshigina davomad ko’rishi mumkin:

1. SMS xabarnoma. Vinetka orqali birlashgan sinfdoshlar sayt orqali tadbir yoki taklifnomalarni SMS ko’rinishida yubora olishlari mumkin. Beeline yoki Ucell kompaniyalarining SMS Gateway xizmatlaridan foydalangan holda sayt orqali SMSlar yuborish funksiyasini to’lov evaziga taqdim etish mumkin.

2. Tasdiqlangan vinetka. Saytda tashkil etilayotgan vinetkalarga o’ziga xos «Tasdiqlangan» maqomini berishni pulli xizmat sifatida taklif qilish mumkin. Tasdiqlangan vinetkalar sayt ma’muriyati tomonidan alohida nazorat qilinib, har bir sinfdoshning rasmi va boshqa ma’lumotlari haqiqiy ekanligi birma-bir tekshirib chiqilishi mumkin. Tasdiqlangan maqomdagi vinetkalar saytda qo’shimcha imkoniyatlar taklif qilinishi mumkin.

3. Telegram orqali chatga kirish. Saytdagi chatdan foydalanish tekin, ammo bu chatga Telegram orqali qo’shila olish funksiyasi pulli xizmat sifatida taklif etilishi mumkin. Shunda har doim saytda bo’lishni istamaganlar bir oz to’lov evaziga Telegram orqali sayt chatida qatnashishlari mumkin bo’ladi.

4. Online vinetkaning qog’oz ko’rinishi. Saytda yig’ilgan vinetka va boshqa rasmlarni alohida kitobcha ko’rinishida tayyorlab berish xizmati taklif etilishi mumkin. Shu bilan birga tayyorlangan kitobchalarni O’zbekiston bo’ylab bepul yetkazib berish joriy etilsa, ko’pchilik uchun qulay taklif bo’lardi.

5. Sinfdoshning hozirgi holatdagi rasmi. Yuqorida aytilganidek, vinetkadagi bitiruvchining hozirgi holatdagi rasmini yuklash va eski rasm yonida joylashtirish mumkin. Bu xizmat alohida to’lov evaziga taklif etilishi mumkin.

6. Sinfning video arxivi. Xohlovchi sinfdoshlar o’zlari istagan video ma’lumotlarni saytga qo’shimcha to’lov evaziga yuklashlari mumkin. Shu bilan video ma’lumotlarni saqlash xarajatlari ham bemalol qoplanadi.

7. SMS xabarnomaga obuna. Yuqoridagi 1-bandda keltirilgan xizmat orqali sinf biror tadbirni rejalashtirsa, yoki sinfdoshlar yig’ilishi kuniga yaqin vaqt kelsa, har 30 kun, 10 kun, 3 kun va uchrashuvdan bir necha soat oldin SMS orqali eslatmalar yuborilishi joriy qilinishi mumkin. Bu to’liq avtomatlashtiriladi va uchrashuv vaqti sinfdoshlar tomonidan mustaqil beltilanishi mumkin bo’ladi.

8. Profil va boshqa ijtimoiy tarmoq xizmatlari. Saytdan olinishi mumkin bo’lgan daromad umuman cheklanmagan. Keyinchalik sayt o’ziga xos ijtimoiy tarmoqqa aylanib ketsa, Odnoklassniki saytidagidek profil pulli xizmatlari, sinfdoshlarning bir-biriga elektron sovg’a ulashishlari va boshqa ko’plab ajoyib yangi xizmatlar joriy etilishi mumkin.

Mana Sizga yangi sayt g’oyasi! Yuqorida yozganlarimda kamchiliklar, qayta o’ylab ko’rilishi kerak bo’lgan jihatlar bo’lishi mumkin. Bu g’oyani yana bir bor o’ylab ko’rib, takomillashtirgan holda O’zbekistonda birinchi raqamli bo’lishi mumkin bo’lgan saytni tayyorlashga kirishish kerak! Agar Sizda sayt tayyorlash bo’yicha g’oya bo’lsa, o’z saytingizni yaratmoqchi bo’lsangiz yoki yuqoridagi online vinetkalar saytiga asos solishga qiziqib qolgan bo’lsangiz, sayt tayyorlash narxlari va xizmatlari haqidagi to’liq ma’lumotni +998937982200 (+Telegram) raqami orqali olishingiz mumkin.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

4 ta fikr

  1. Azamat oka wordpressda qanday qilib formada o’zingiz suratingizni qo’yishingiz mumkun. Iloji bo’lsa rasm asosida ko’rsatib bering. O’zingiz rasmingizni qo’ygansizku xudi shunday saytim zn.uz da

  2. Faqat bunaqa sayt bir yilda atigi bir marta ishlatliladi bir yil davomida esa keraksiz holda turadi

    • Menimcha unday emas. Bunga qiziqadiganlar bisyor. Agar ushbu tizim yo`lga qo`yilsa juda zo`r ish bo`lardi. Faqat buning uchun kattaroq jamoa tuzgan holda ushbu ishga yondashish kerak deb o`ylayman!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*