Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Avtonom Paynet tizimi g’oyasi

Avtonom Paynet tizimi g’oyasi

May oyining boshida qiziq bir loyiha ustida ish boshladim. Samarqand shahrida Paynet xizmatini ko’rsatuvchi tadbirkor akamizning buyurtmalariga asosan avtonom tarzda «diler-admin» aloqasini ta’minlaydigan o’ziga xos Paynet tizimini yaratishim kerak bo’ldi. Loyiha uchun Yii Framework asosi qilib olindi. O’zim uchun bu loyiha ustida ishlash qiziq tuyulganligi sababli tafsilotlar bilan o’rtoqlashmoqchiman 🙂

Tizim maqsadi – Paynet orqali to’lovlarni o’tkazuvchi asosiy kishi bilan uning joylardagi dilerlarini boshqa usullarga nisbatan samaraliroq bog’lash. Har birimiz boshqa bir Paynet nuqtasi bilan ishlaydigan Paynet nuqtasi orqali to’lovni amalga oshirganmiz. Siz ularga pul to’lab, raqamingizni aytasiz, ular esa internet orqali oddiy messenjerdan foydalangan holda butunlay boshqa bir joydagi Paynet nuqtasiga ma’lumotlaringizni yuboradi. Yuborilgan raqamga to’lov Siz pul to’lagan joydan butunlay boshqa bir joyda amalga oshiriladi. Paynet nuqtalarining bunday tarzda ishlashlari maxsus tizimga ehtiyojni paydo qiladi. Biz aynan shu tizimni yaratishga urinayapmiz. Bu tizim bitta asosiy foydalanuvchi (administrator) va cheksiz dilerlar (oddiy foydalanuvchilar) bilan ishlaydi. Tizim hozirgi kunda admin-diler usulida ishlovchi nuqtalarni bog’lab turgan Telegram, Mail.Ru Agent messenjerlaridan ancha qulay bo’lishi ko’zda tutilgan.

Tizimda quyidagi imkoniyatlar bo’lishi rejalashtirilgan:

  • Admin istalgancha diler qo’sha oladi;
  • Dilerlar o’z parollarini almashtira oladi;
  • Admin boshqa barcha dilerlarning xisobotini ko’ra oladi;
  • Diler faqat o’zi yuborgan raqamlarni ko’ra oladi;
  • Diler yuborgan raqamlarini bekor qilishi mumkin;
  • Faqat admin raqam holatini «to’landi«ga o’zgartira oladi;
  • Pul o’tgan, «to’landi» holatidagi raqamlarni bekor qilish mumkin emas;
  • Admin har bir dilerga o’zi istagandek foyda foizini belgilashi mumkin;
  • Admin interfeysiga barcha dilerlardan raqamlar kelib tushadi;
  • Admin interfeysi AJAX asosida ishlaydi (avtomatik doimiy yangilanib turadi);
  • Diler raqamga qo’shimcha ma’lumot qo’shib ja’natishi mumkin;
  • Diler o’zi yuborgan barcha raqamlar summasi, foizi bo’yicha xisobotni ko’ra oladi;
  • Admin istalgan dilerning summa va foiz xisobotlarini ko’ra oladi;
  • Ish kuni oxirida summalar umumlashtiriladi;
  • Raqamlarni bir necha parametr asosida saralash mumkin;
  • Tizim traffik tejaydigan, minimal dizaynda bo’lishi kerak;

Boshqa loyihalar bilan parallel ishlayotganligim sababli bu tizim ishi hozircha tugatilmagan. Buyurtma shaxsiy va Paynet ish reglamentiga qarama-qarshi jihatlar (to’lov bir nuqtada qabul qilinib, boshqa bir nuqtada amalga oshirilishi mumkin emas)ni o’zida jamlaganligi sababli tayyor loyiha linkini e’lon qila olmayman. Bundan tashqari, o’ylashimcha, Paynet rasmiy dilerlari uchun amal qilinishi majburiy bo’lgan shartnoma shartlarini hisobga olmasak, bu tizimning hech qanday noqonuniy tomoni yo’q. Aksincha, messenjer, Excel va doimiy qayta hisoblashdan qiynalib ishlayotganlar ishini osonlashtiradigan, ko’p amaliyotlarni avtomatlashtira oladigan tizim odamlar uchun qulaylik yaratadi.

Ushbu g’oyani yanada takomillashtirish mumkin. Masalan, faqat bir kishiga tegishli, bitta adminli emas, ko’p adminli, har bir admin o’zining dilerlarini qo’shishi mumkin bo’lgan tizim yaratish mumkin. Bu tizim kelajakda o’ziga xos online xizmatga aylanib ketishi ham hech gap emas. Bitta admin va ikkita diler asosida ishlash bepul, qo’shimcha dilerlar qo’shish pulli bo’lgan xizmat tashkil qilish ham mumkin 😉

Yuqorida bayon etilgan g’oya kim uchundir yangi fikr bera olgan bo’lsa, demak maqoladan ko’zlangan maqsadga erishilibdi.

Abituriyentlar uchun test formulalari

Bitta fikr

  1. bunday holatda hech kim paynet qilmaydi urtada qancha vaqt yuqotiladi,hozi oddiy flagshipga ham qanoat qilishmaydiku,tembole hozi clik bulsa bundo bosh ogrigini nima keragi bor.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*