Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish

Arsenal-D hostingida WordPress o’rnatish

Hosting oldingiz. Endichi?

Arsenal-D hostingida
WordPress o’rnatish

Arsenaldan hosting xizmatini olib, ishni nimadan boshlashni bilmay turganlar uchun maxsus qo’llanma.

Unda quyidagilar o’rgatilgan:

  • Arsenal-D hostingi boshqaruv panelida ish boshlash;
  • FTP dasturidan foydalanish va saytni serverga yuklash;
  • Hostingda yangi ma’lumotlar bazasini yaratish;
  • Saytni hostingdagi yangi ma’lumotlar bazasiga ulash;
  • WordPress dasturini qo’lda o’rnatish.

Agar saytingiz TAS-IX tizimida bo’lishini xohlasangiz, O’zbekiston hosting xizmati provayderlaridan biriga saytingizni joylashtiring. Shaxsan, Arsenal-D kompaniyasining hosting xizmatini tavsiya qilaman. «Nega aynan Arsenal-D?» deysizmi? Shaxsiy tajribamga tayangan holda ayta olamanki, ularda hosting xizmati boshqa kompaniyalarga nisbatan ancha yaxshi. Eng muhimi, Arsenal-D yordam xizmati juda yaxshi ishlaydi: istalgan vaqtda savollar bilan qo’ng’iroq qilsangiz, barcha muammolaringizni bartaraf etishda erinmay yordam berishadi. Shuning uchun ham boshlovchi, hali tajribasiz web ustalarga faqat Arsenal-D kompaniyasi hostingini tavsiya etaman.

Elektron qo’llanma bepul!

YUKLAB OLING

Qo’llanmada saytingizni yangi hostingda o’rnatish bosqichma-bosqich, rasmlar bilan, sodda usulda tushuntirilgan. Elektron qo’llanmada ko’rsatilganidek ketma-ketlikda o’rgansangiz, WordPress asosida ishlaydigan shaxsiy veb saytingizni Arsenal-D hostingiga osongina joylashtirib olasiz. Elektron qo’llanma PDF formatda.

Abituriyentlar uchun test formulalari

43 ta fikr

  1. asslouma aleykum Azamat aka, qo’llanma uchun raxmat;], sayt yaratganimizdan keyin uning ichiga chablon, tema, ma’lumotlarni qanday joylashtiramiz shu haqida ham ozgina ma’lumot bersangiz)) Oldinnan eaxmat

  2. sizga bermoqchi bo’lgan savolim zn.uz da sayt ochilgan. Ancha ma’lumotlarni joylab bo’lgandim. Yangi hosting bilan domen olsam shuni to’liqligicha ko’chirishning iloji bormi? Yoki bo’lmasa yana bir boshidan qayta joylashim kerakmi? Agar malol kelmasa pochtaga javob qaytarsangiz. Rahmat

  3. kitob juda zo’r ekan

  4. O’zingiz qaysi hosting saytdan foydalanasiz?
    Arsenal-D ga shu kitobingizni o’qib hosib b.n domen olgandim. Oxirgi oyda juda ko’p xatolik chiqib qolyapti.
    502-503-504 lar. .
    Qaysidan foydalanishini tavsiya etgan bo’lar edingiz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*