Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / AdSense dasturi haqida kim nima deydi?

AdSense dasturi haqida kim nima deydi?

Google kompaniyasining AdSense dasturi internet orqali saytida reklamalarni ko’rsatish yordamida pul ishlab topish uchun webmasterlarga qulay imkoniyatlar yaratib berayotgan eng mashxur dasturlardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda AdSense reklamalaridan nafaqat xorijiy mamlakatlar aholisi, balki O’zbekiston xalqi ham keng foydalanmoqda. Ba’zan AdSense reklamalari orasida O’zbekistonga oid e’lonlarni ham ko’rib qolamiz. Bizdagi milliy kompaniyalarning ba’zilari ham Google reklamalari orqali o’z xizmat va maxsulotlarini ommalashtirishga harakat qilishmoqda.

Internet orqali, saytiga reklamalar joylashtirish orqali juda katta daromadga ega bo’lish mumkinligi haqida turli saytlarda, turli tillarda juda ko’p marotaba yozilgan. O’zbekiston uchun esa AdSense va u orqali saytlarga reklamalarni joylashtirish yordamida pul ishlab topish sohasi yangi hisoblanadi. Hali bu dastur haqida eshitmagan o’zbek web ustalari, sayt egalari uchun AdSense orqali pul ishlab topish haqidagi ma’lumotlar huddi ertakdek bo’lib tuyulishi mumkin. Ba’zilar esa AdSense dasturi imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni shunchaki o’ylab topilgan cho’pchak tariqasida qabul qilishib, bu dastur bilan katta daromadga ega bo’lish mumkin, deydiganlarning gapi ustidan kulish holatlari ham bo’lgan. Buni shaxsiy blogimdagi ma’lumotlarga nisbatan ba’zi sayt egalarining ijtimoiy tarmoqlar orqali menga bildirgan fikrlariga tayanib yozayapman.

Keling, AdSense dasturining foydali jihatlari, haqiqatdan ham bu dasturning ish berishi haqidagi fikrimizni butun internet olamida, ingliz va rus tillarida AdSense dasturi haqida kimlar nima deyotganiga qarab tasdiqlashga urinib ko’ramiz. Google AdSense dasturi haqida xorijiy web sayt ustalari, xususan rus va ingliz tilidagi saytlarning egalari juda ko’p bora, turli yo’nalishdagi maqolalar yozishgan. Ularning ko’pchiligida AdSense orqali katta daromadga ega bo’lganlarning muvaffaqiyat hikoyalari ham topiladi. AdSense haqidagi ma’lumotlarni Google orqali izlaymiz. Mana natija:

 Google qidiruvi orqali «AdSense» deb qidirganimizda 0.38 soniya ichida 35 million 700 ming ta natija topildi. Demak, AdSense haqida butun internet bo’yicha (Google qidiruviga ma’lum bo’lgan) 35 milliondan ortiq ma’lumot bor ekan. AdSense orqali daromad olish mumkinligi va dasturning o’zi haqida kim nima deyotganligini alohida saytlardagi AdSense haqidagi maqolalar misolida ko’rib o’tamiz. Birinchi navbatda rus tilidagi saytlarda AdSense haqida berilgan ma’lumotlardan ba’zilarini ko’rib chiqsak:

Как заработать с Google Adsense – OriginalBizХотите узнать, как мне удалось получать от Google по 1500$ ежемесячно,в виде пассивного дохода? (Google orqali bir oyda 1500 dollar passiv daromadni qanday qilib ishlab olganligimni bilishni xohlaysizmi?);

Как заработать на Google Adsense достойные деньги? – Как заработать на Google Adsense хорошие деньги? (Qanday qilib AdSense orqali yaxshigina pul ishlab olish mumkin?);

Как ПРАВИЛЬНО зарабатывать на Google AdSense? – Секреты Инфобизнеса от Дмитрия Печёркина (Qanday qilib AdSense orqali TO’G’RI pul ishlab topish mumkin?).

Bunda ma’lumotlarni taqdim etuvchi saytlar juda ko’p. O’zingiz ham bulardan boshqa ma’lumotlar borligiga ishonch hosil qilishni xohlasangiz, Google orqali «заработать adsense» deb qidiring.

Endi ingliz tilidagi ba’zi AdSense haqida berilgan ma’lumotlarni ko’rib o’tamiz. Bu ma’lumotlarni topish uchun ham Google orqali qidiramiz. Bu marta qidiruvimiz «make money adsense» iboralari orqali bo’ladi:

Make money from your site – Publisher – Google Ads – Saytingiz orqali pul ishlab toping.

101 Ways to Make More Money with AdSense | MonetizePros – AdSense orqali pul topishning 101 usuli.

Making Money From Your Website With Google AdSense – Google AdSense yordamida saytingiz orqali pul topish.

Bunday ma’lumotlarni ko’plab topish mumkin. Bu saytlarning barchasida Google AdSense orqali pul ishlab topishning haqiqatdan borligini AdSense yordamida saytiga reklamalar joylashtirish orqali haqiqatdan ham pul ishlab topayotganlar misolida ko’rishingiz mumkin. Bu turdagi ma’lumotlar shunchalik ko’pki, ularning salmog’i AdSense dasturining haqiqatdan ham pul ishlab topsa bo’ladigan dastur ekanligidan dalolat beradi. Aks holda, agar bu dasturning hech qanday foydali jihati bo’lmaganda edi, u haqida butun internetda bunchalik ko’p ma’lumotlar bo’lmagan bo’lardi.

Endi AdSense orqali katta doromad ko’rgan sayt egalari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishamiz. YouTube saytiga web ustalardan biri video joylagan. Bu videoda AdSense orqali sayti yordamida ishlab topgan pullarining chek ko’rinishida kelganligi ko’rsatilgan. Bu video egasining nomiga 60 ming dollardan ko’proq mablag’ga chek kelibdi:

Mana ba’zi sayt egalarining Google AdSense tomonidan yuborilgan cheklarni olganliklari haqidagi fotolavhalar:

 

 

 Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Google AdSense orqali saytga reklamalar joylashtirish bilan pul ishlab topish mumkin. Siz ham o’z saytingizga ega bo’lsangiz, unda Google AdSense reklamalarini joylashtiring va bu dastur orqali juda katta passiv daromadga ega bo’lishingiz mumkinligiga o’zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Saytingiz yo’qmi? O’z shaxsiy saytingizni ochishingizga sabablar juda ko’p. Hoziroq o’z saytingizni ochishga buyurtma bering yoki sayt ochishni o’zingiz o’rganib, hayotingizdagi eng birinchi shaxsiy saytingizni o’zingiz tayyorlang!

Abituriyentlar uchun test formulalari

40 ta fikr

  1. ya’ni pulni olish jarayonida
    pulni qanday qilib olaman keyin
    p.s. manda master card yoki visa yo’q
    oddiy bank orqali ola olamanmi ??

  2. Salom Azamat!
    Meni bir savol juda ham qiziqtirmoqda.
    Axir qidiruv tizimlarida o’zbek tilida biror narsa qidiruvchi inson juda kam-ku.
    Google AdSenseda katta pul topish uchun saytga juda ko’p foydalanuvchilar kirishi kerak.
    Agar o’zbek tilida sayt yaratsam, o’zbek tilida so’zlashuvchi ko’p sondagi foydalanuvchilarni qayerdan jalb qilaman.
    Javobingizni kutib qolaman.
    Javobingiz uchun oldindan raxmat!

    • Qidiruv tizimi orqali o’zbek tilida qidiruvchilar juda ko’p. Saytga ko’p foydalanuvchilarni qanday qilib jalb qilish sizning mahoratingizga bog’liq.

      • Lekin, google adsenseda ko’rsatilgan oyiga so’rovlar soni statistikasi juda kam-ku.
        Ammo, shunisi qiziqki, «ingliz tili» so’rov so’zi bo’yich oyiga so’rovlar soni 1000-2000 ta bo’lsa xam, lekin sizning saytingizni asosiy saxifasiga googledan oyiga 4000-5000 kishi kirishiga va bu ko’rsatkich oydan-oy oshib borayotganiga guvox bo’ldim.
        Azamat, iltimos, aytingchi, buni sababi nimada?

        • Statistikani qayerda ko’rdingiz? Qaysi statistika haqida aytayapsiz?
          Mening saytimga Googledan kelayotgan traffikni qayerdan ko’rdingiz? LiveInternet hisoblagichiga qarab aytayapsizmi?

          • https://adwords.google.com saytidagi statistikani aytyapman.
            Sayt maqolalarining sarlavxasida bo’lishi mumkin bo’lgan jumlalar uyoqda tursin, bitta so’zdan iborat kluchivoy so’zlarni kiritganimda 90% xolatda so’z bo’yicha biror bir statistika mavjud emas. Faqat 10% xolatda men kritgan so’z ishtirok etgan jumlalar ro’yxati chiqadi. U xam oyiga ko’pi bilan 100-300 martta qidiriladi.
            Saytingiz statistikasini LiveInternetdan ko’rdim.

          • Menimcha saytga kuniga millionta odam kirishi uchun sayt mavzusiga tegishli jumlalar kamida 1 000 000 martta qidirilishi kerak. Bitta saytga bir necha martta kiruvchi insonlar juda kam. Buni sizning saytingiz statistikasiga qarab xam aytish mumkin.

  3. Assalom aleykum Azamat aka, Menda bitta savol bor edi, o’sha adsense haqida. Men Bloggerdagi blogimni Adsensedan ro’yxatdan o’tkazmoqchi bo’lsam ruxsat bermayabdi, keyin siz nimaga bunday bo’layotganini izlab ko’ring degandingiz, keyin izlab ko’rdim va oxiri Google Adsense guruxiga xabar yubordim. Ulardan kecha xabar keldi, keyin ochib qarasam kotta qilib siz ro’yxatdan o’taolmaysiz deb quyibdi, sababini so’rasam javob kelmadi. Bloggerni Adsensega ulab bo’lmaydimi?. Agar reg qilishni bilsangiz aytib yuboring ILTIMOS!

  4. Xa o’zbek tilida. Lekin siz aytganday 5-6ta Ingliz tilida maqolalar kiritdim

    • Saytda o’zbek tilidagi maqolalar bo’lishi mumkin emas. Shu uchun ruxsat berishmagan bo’lishi mumkin.

      • Salom Azamat aka! Yaxshimisiz? Men bloggerdagi saytimni Google analytics, Google webmaster va hokazolardan ro’yxatdan o’tkazdim, keyin kecha admin panelga kirsam oxiri Google Adsense Ro’yxatdan o’tkazish uchun ruxsat beribdi. Keyin 1-2ta tugmalarni bosib reklamani saytimga qo’ydim keyin, reklama ko’rina boshladi. Birozdan keyin saytni obnavit qisam hech qaysi reklama ko’rinmayabdi. Faqat reklama o’rinlari bo’sh oq rangda turibdi. Keyin HTMl kodlari orqali tekshirdim hech qanday xatolik yo’q. Saytni Preview qilib ko’rsam reklamalarda quyidagicha xabar chiqayabdi . Adsense ads are not available deyabdi. Buni qanday qilib to’g’irlash mumkin?

  5. Salom azamat aka menda bir savol bor edi ijtimoiy tarmoq saytini ham yarata olasizlarmi bunday saytni yaratish qiyin emasmi javob uchun oldindan raxmat

  6. Anvar Jamgirov

    Aytishganidek har 3 chi dasturchi bulishga qiziqqan odan ikkinchi sukerberg bulishni oldiga maqsad qiladi !!!

  7. Salom azamat akka
    Adsense o’zbek tilidagi saytimni qabul qilmayabidi. Emailimga shunday xat yuborishdi google com.
    Va men saytimni Uzbek va English tilida yaratim
    Savol shuki, adsensega saytimni english qismini bersam qabul qilishadimi?
    misol uchun, http://sayt.uz/eng

  8. Salom Azamat aka menda bir savol bor edi. Men saytimga ad sense reklamalarini urnatmoqchiman ularni qaerdan ro‘yxatdan utib qo‘yiladi sayt o‘zbek tilida bo‘lsa ham buladimi. Javobiz uchun oldindan rahmat.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*