Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / AdMob – mobil dasturlar uchun AdSense muqobili

AdMob – mobil dasturlar uchun AdSense muqobili

Saytingizda reklamalarni ko’rsatish orqali AdSense dasturi bilan pul ishlash mumkinligi haqida bilasiz. Mobil qurilmalar va dasturlarning kundalik hayotimizda saytlar yoki kompyuterlarga nisbatan ko’proq ishlatilayotganligini hisobga olgan holda AdMob – mobil dasturlarda reklamalarni ko’rsatish orqali pul ishlash dasturini AdSense – saytlarda reklamalarni ko’rsatish orqali pul ishlash dasturiga nisbatan ahamiyatliroq, foydaliroq, deb baholashimiz mumkin.

AdMob tizimi dastlab Omar Hamoui tomonidan tashkil etilgan, keyinchalik Google uni sotib olgan. AdMob mobil dasturlar, asosan Android va iOS muhitida ishlovchi dasturlarni reklama bilan ta’minlaydi. Dastur egalari esa reklamalarni dastur foydalanuvchilariga ko’rsatish orqali pul ishlab olishlari mumkin. Reklamalar turli ko’rinishga ega bo’lib, eng ko’p uchraydiganlari mobil qurilma ekranining quyi yoki yuqori qismida hamda to’liq ekranni egallagan holda ko’rsatiladi. Bu yerda to’liq ekranni egallagan reklamalarga misollar ko’rsatilgan:

AdMob dasturi reklamalarini faqat mobil qurilmalar uchun mo’ljallangan dasturlardagina ko’rsatish mumkin. AdSense reklamalari mobil qurilmalarda emas, faqat web saytlardagina ko’rsatishga mo’ljallanganidek, AdMob reklamalarini ham saytlarda emas, faqat va faqat mobil qurilma dasturlarida ko’rsatish kerak bo’ladi. AdSense singari AdMob dasturining ham o’ziga xos tariflari, qoidalari bor. Ular bilan mana bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Web dasturchilarga AdSense borasida omad tilaganimizdek, mobil qurilmalar dasturchilariga ham AdMob dasturi bilan muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlarini tilab qolamiz! Android dasturchiligini o’rganing, o’z tasavvuringizdagi dasturni yarating va dasturingizning millionlab foydalanuvchilariga AdMob reklamalarini ko’rsatish orqali pul ishlab oling!

Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

19 ta fikr

  1. Juda ham ko’p g’oyalarni saytingizda ko’rsatib o’tasiz. Ammo ulardan hech birini o’zingiz qilmaysiz. Bunga sabab nima?

    • «ulardan hech birini o’zingiz qilmaysiz» – buni nimaga asoslanib aytayapsiz? Yoki qilayotgan ishlarimni mendan ham yaxshiroq bilasizmi?

      • Aytaylik 2015 yil uchun eng qaynoq sayt g’oyalari yoki 2016 yil uchun sayt g’oyalari. 20 dan ortiq ajoyib sayt g’oyalarini keltirib o’tkansiz. Shu g’oyalardan siz ham foydalanib foyda keltiruvchi saytni o’zingiz uchun yaratishingiz mumkinku. Qilayotgan ishingizni xurmat qilaman va o’z ishingizni sizdan yaxshi bilaman dep aytmadim

  2. Salom Azamat akka
    Saytimda foydalanuvchilar ro’yhatdan o’tib, o’z hisob (accauntiga) raqamlariga
    Websum merchant tizimi orqali pul tashlashi mumkinmi?

  3. Admobda to’lov haqida hechbir malumot bermabsiz qanday yechib olinadi o’zi

    • Adsense dasturida qanday bo’lsa, shunday! Pul chek ko’rinishida manzilingizga yuboriladi. Chekni internet orqali Webmoneyga o’tkazib olasiz. Keyin xohlasangiz Webmoneyni naqd pulga aylantirib olasiz.

  4. SWIFT orqali ham yechsa bo’ladimi
    keyn shu pul yechadigan joyni topa olmadim adwords.google.com bo’limiga o’tib ketayabdi iloji bo’lsa shuni ham tushuntirib yuborsayiz qaysi bo’limidan yechiladi va minimalka qancha oldindan raxmat

  5. Azamat aka men sayt ocha olmayabman unchalik chunmadm menga yordam bersangiz iltimos oldindan rahmat

  6. Admobda 10 $ dan o’tgandan keyin pin kod yuborar ekan lekin adreslar noto’g’ri yozilgan edi yani oxiirigacha yetmagan va xat jo’natilibdi shuni googleda qidirgandim pinkodsiz aktivatsiya qilish mumkin ekan qanday qilinishiga uncha tushunmadim shu masalada to’liqroq malumot bilsayiz maslahat bering oldindan raxmat

  7. Hammada shu admobni reklamalari chiqmay qoldimi negadir programmada reklamasi chiqmayabdi bu nimadan ekan adsenseda ham bunda ham o’zgarishlar bo’libdi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*