Bosh sahifa / Sayt tayyorlash / 30 kunlik faol blogging xisoboti

30 kunlik faol blogging xisoboti

Bundan bir oy ilgari saytda e’lon qilingan 30 kunlik faol blogging harakati nihoyasiga yetdi. Bu harakat natijasida saytga 60 dona yangi maqola har kuni 2 tadan qo’shildi.

Faol blogging harakati saytga yangi foydalanuvchilarni olib keldimi? 30 kun davomida har kuni saytga yangi maqolalar qo’shib borish natijasida saytga tashrif buyuruvchilar soni ko’paydimi? Mana shu asosiy savollarga javob topish maqsadida ushbu harakat amalga oshirilgan edi. Endi natijalar bilan tanishamiz:

Harakat boshlanishida saytga o’rtacha bir kunda 500 nafar tashrif buyuruvchi kirayotgan edi. Mana 30 kundan keyingi ko’rsatkichlar:

O’rta hisobda saytga tashrif buyuruvchilar soni o’zgarmadi: avval ham 500 kishi edi, faol blogging harakatidan keyin ham 500 kishilik ko’rsatkich saqlanib qoldi. Shaxsiy xulosam: O’zbekiston saytlarida har kunlik yangi maqola qo’shish saytga yangi foydalanuvchilarni jalb qilmaydi va buning natijasida saytga tashrif buyuruvchilar soni ko’paymaydi.

Natijalar qanday bo’lishidan qat’iy nazar saytga har kuni bo’lmasa-da, yangi maqolalar qo’shishda davom etiladi. Harakat davomida saytni biz bilan birga kuzatgan barcha foydalanuvchilarga tashakkurimni izhor etaman.

Abituriyentlar uchun test formulalari

6 ta fikr

  1. Azamat aka bir maqolaizda saytizda pul ishlash loyixasini amalga oshirish niyatim bor deb takidlab o’tgan edingiz.Agar shu loyixangizni amalga oshirsangiz,saytingizga tashrif buyuruvchilar soni salmoqli darajada oshishiga ishonchim komil.Albatda bu xaqda o’ylab ko’ring !!! .Xozir internetga kiruvchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi,ulardan ko’pchiligi internetda pul ishlashga qiziqishadi deb o’ylayman.
    Ishlarizda omad !!!

  2. Salom
    Azamat aka men ham Abdumurod ning fikriga qo’shilaman chunki hozirda ko’p odamlar shu mavzuga juda qiziqishyapti lekin ko’pi haqqoniy yo’lini topolmagan, agar shuni chiqarsez ko’payishi aniq

  3. To`g`ri Azamat aka. Odam keltirmasa mashxur maqolalar bilan qolaverish kerak. Har kuni 2 tadan yozilsayam odam kirish soni ortmasa saytga va bazalarga qiyin bo`ladi !

  4. Reklama berish kere daryo.uz ga

  5. Date life Engine qadida fikrlaringiz qanday?

  6. Ochig’ini aytsam 30-kunlik faol blog boshlanganda juda xursand bo’ldim. Buning sababi 60 ta yangi maqolaning chop etilishi bu degani 60 ta yangi bilimlar demakdir. Hozirgi kunda internetga kiruvchilarning ko’pchiligi yoshlar ekanini inobatga olsak , Yoshlar faqat ishtimoiy tarmoqlar va bemani videolarga qiziqish bilan ovora. Tas-ix reytingi, bu yerda Yangiliklar taqdim etuvchi bloglar yuqori o’rinlarda kelmoqda. Nega ilm ulashuvchi saytlar quyi pog’onalarda ? Buning sababchisi aynan biz. Ha biz. Chunki biz foydalanuvchilar o’z sevimli blogimizni reklama qilyapmizmi ? Maqolalarni bir zumda o’qib muhim Ma’lumotni bilib olamizu, Maqolaga izoh qoldiamizmi ? Bu maqola qanday mehnatlar mevasi ekanini bilamizmi ? Yo’q. Maqolani o’qibgina qolmasdan Unga izoh qoldirish juda muhimligini o’z blogimni ochgandan so’ng amin bo’ldim. Manashu izoh adminga qanday a’lo kayfiyat va ishtiyoq taqdim etishini endi tushungandekman. Qadrli AZAMAT.UZ blogining foydalanuvchilari, shu blog yuqori o’rinlarga ko’tarilishida aynan biz hissa qo’shishimiz lozim deb o’ylayman. Yangidan Yangi maqolalar kutib qolamiz.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*