Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / 2015-yilning AdSensedagi eng qimmat 60 ta kalit so’zlari

2015-yilning AdSensedagi eng qimmat 60 ta kalit so’zlari

Google AdSense dasturi web ustalarga kalit so’zlar sifatiga ko’ra reklamalarni ulashadi va aynan shu kalit so’zlarning saytga mosligiga ko’ra ularga pul to’laydi. Birinchi marta eshitishda bu juda chalkashdek tuyuladi va Siz hech narsani tushunmasligingiz mumkin. Ammo AdSense qoidalari haqida ko’proq o’rganganingizda hammasi oydinlashadi va AdSense dasturi (agar to’g’ri yo’naltirilsa va foydalanilsa) qanchalik foydali dastur ekanligini bilib olasiz.

Hamma gap sayt yo’nalishi (niche) va kalit so’zlarning qay darajada ishlatilganligida. Quyida Google AdSense dasturining 2015-yil holatiga eng ko’p to’lanadigan kalit so’zlar ro’yxati keltirilgan. Ularga e’tibor bering va har bir kalit so’zning narxi bilan tanishing:

  1. MESOTHELIOMA LAW FIRM  ($ 179.01)
  2. Donate Car To Charity CALIFORNIA ($130.25)
  3. DONATE CAR FOR TAX CREDIT ($126.65)
  4. DONATE CARS IN MA ($125.58)
  5. DONATE YOUR CAR SACRAMENTO ($118.20)
  6. HOW TO DONATE A CAR IN CALIFORNIA ($111.21)
  7. SELL ANNUITY PAYMENT ($107.46)
  8. DONATE YOUR CAR FOR KIDS ($106.01)
  9. ASBESTOS LAWYERS ($105.84)
  10. CAR INSURANCE QUOTES COLORADO ($100.93)
  11. STRUCTURED ANNUITY SETTLEMENT ($100.8)
  12. ANNUITY SETTLEMENT ($100.72)
  13. NUNAVUT CULTURE ($99.52)
  14. DAYTON FREIGHT LINES ($99.39)
  15. HARDDRIVE DATA RECOVERY SERVICES ($98.59)
  16. DONATE A CAR IN MARYLAND ($98.51)
  17. MOTOR REPLACEMENTS ($98.43)
  18. CHEAP DOMAIN REGISTRATION HOSTING ($98.39)
  19. DONATING A CAR IN MARYLAND ($98.20)
  20. DONATE CARS ILLINOIS ($98.13)
  21. CRIMINAL DEFENSE ATTORNEYS FLORIDA ($98.07)
  22. BEST CRIMINAL LAWYER IN ARIZONA ($97.93)
  23. CAR INSURANCE QUOTES UTAH ($97.92)
  24. LIFE INSURANCE CO LINCOLN ($97.07)
  25. HOLLAND MICHIGAN COLLEGE ($95.74)
  26. ONLINE MOTOR INSURANCE QUOTES ($95.73)
  27. ONLINE COLLEDGES ($95.65)
  28. PAPERPORT PROMOTIONAL CODE ($95.13)
  29. ONLINECLASSES ($95.06)
  30. WORLD TRADE CENTER FOOTAGE ($95.02)
  31. MASSAGE SCHOOL DALLAS TEXAS ($94.90)
  32. PSYCHIC FOR FREE ($94.61)
  33. DONATE OLD CARS TO CHARITY ($94.55)
  34. LOW CREDIT LINE CREDIT CARDS ($94.49)
  35. DALLAS MESOTHELIOMA ATTORNEYS ($94.33)
  36. CAR INSURANCE QUOTES MN ($94.29)
  37. DONATE YOUR CAR FOR MONEY ($94.01)
  38. CHEAP AUTO INSURANCE IN VA ($93.84)
  39. MET AUTO ($93.70)
  40. FORENSICS ONLINE COURSE ($93.51)
  41. HOME PHONE INTERNET BUNDLE ($93.32)
  42. DONATING USED CARS TO CHARITY ($93.17)
  43. PHD IN COUNSELING EDUCATION ($92.99)
  44. NEUSON ($92.89)
  45. CAR INSURANCE QUOTES PA ($92.88)
  46. ROYALTY FREE IMAGES STOCK ($92.76)
  47. CAR INSURANCE IN SOUTH DAKOTA ($92.72)
  48. EMAIL BULK SERVICE ($92.55)
  49. WEBEX COSTS ($92.38)
  50. CHEAP CAR INSURANCE FOR LADIES ($92.23)
  51. CHEAP CAR INSURANCE IN VIRGINIA ($92.03)
  52. REGISTER FREE DOMAINS ($92.03)
  53. BETTER CONFERENCING CALLS ($91.44)
  54. FUTURISTIC ARCHITECTURE ($91.44)
  55. MORTGAGE ADVISER ($91.29)
  56. CAR DONATE ($88.26)
  57. VIRTUAL DATA ROOMS ($83.18)
  58. AUTOMOBILE ACCIDENT ATTORNEY ($76.57)
  59. AUTO ACCIDENT ATTORNEY ($75.64)
  60. CAR ACCIDENT LAWYERS ($75.17)

Tahminimga ko’ra Siz ro’yxatni ko’rib chiqdingiz va hech narsaga tushunmadingiz. 🙂 Imkon qadar hammasini sodda usulda tushuntirishga harakat qilaman.

Yuqoridagi ro’yxatning 48-o’rnida turgan EMAIL BULK SERVICE kalit so’ziga e’tibor qiling. Uning narxi Google AdSenseda 92 yarim dollarga baholangan. Bu nima degani? Hamma gap shundaki, EMAIL BULK SERVICE (ko’p sonli email xabarlarni bir vaqtda yuborish xizmati) bilan shug’ullanuvchi qandaydir kompaniya o’z reklamalarini Googlega bergan va bu kompaniyaning talabiga ko’ra uning reklamalari faqat email xizmati haqida bo’lgan saytlarda ko’rsatilganda reklama ustiga bir marta bosilsa shu reklama ko’ringan sayt egasiga (ya’ni, web ustaga) 92 yarim dollar to’lanishi kerak. Demak, tasavvur qilaylik, Siz email haqida sayt ochdingiz. Unda qanday qilib email yozish, email turlari, email manzillar, email saytlari va hokazo… xullas, faqat email haqida yozasiz. Kunlardan bir kun Sizning saytingizda AdSense reklamalari ichida yuqoridagi EMAIL BULK SERVICE reklamasi ko’rinib qoldi. Saytingizga tashrif buyuruvchilardan kimdir shu reklamaning ustiga bir marta bosdi va reklama orqali EMAIL BULK SERVICE saytiga o’tdi. Shu zahoti Sizning AdSense xisob raqamingizga mana shu bittagina bosish uchun 92 yarim dollar yoziladi. Menimcha, endi tushundingiz.

Yuqoridagi ro’yxatda mana shu kabi 60 ta yo’nalishdagi kalit so’zlar va ularning narxlari keltirilgan. AdSense har doim ham bunchalik katta miqdordagi summaga teng bo’lgan reklamalarni beravermaydi. Ko’p holatlarda bir necha sentga teng bo’lgan reklamalar ko’rsatiladi. Masalan, bir bosishga bir sent to’lanadigan reklamalar. Saytingizga kirgan yuz kishi bittadan reklama bossa siz atigi 1 dollar ishlab olasiz. Ko’proq pul ishlab topishdagi hamma gap shundaki, Siz saytingizda ko’p to’lanadigan reklamalarni keltirib chiqaradigan ma’lumotlarni izlab topib, yozishingiz kerak bo’ladi. Tasavvur qiling, Sizning saytingiz huquqshunoslikka oid va ro’yxatimizning eng birinchi o’rnida turgan reklama saytingizda ko’rsatildi. Uni bir kishi bir marta bosganda Sizga 179 dollar to’lanadi. Ammo bir vaqtning o’zida dunyoning turli joylaridan kirgan 10 ta foydalanuvchi shu reklamani bossachi? Bu holatda Sizning foydangiz 179×10=1790 dollarni tashkil etadi. Bir soniyada bir ming yetti yuz to’qson dollar egasi bo’lishingiz mumkin.

Yana bitta muhim jihat haqida yozishim shart. Google AdSense qoidalariga ko’ra agar Sizning saytingizda yuqoridagi kalit so’zlarga tegishli reklama ko’rsatilsa va uning ustiga bosilsa-yu, lekin saytingiz tematikasi (asosiy mazmuni, niche) ushbu reklama kalit so’ziga mos kelmasa, afsuski Sizga hech qancha pul to’lanmaydi. Ammo bunday alohida web ustalarning alohida reklamalarini tekshirish kamdan kam hollarda yuz beradi. Masalan, mening saytlarimda bir necha marta bitta bosishga 10 dollar to’lanadigan, saytim mazmuniga umuman yaqin bo’lmagan kalit so’z uchun reklamalarga bosishgan va menga to’langan. Ammo hech kim buni tekshirgani ham, to’lovni bekor qilgani ham yo’q. Fikrimcha, bunday tekshiruvlar va bekor qilishlar faqat yuqoridagi ro’yxatdan keltirilganidek, bir bosishga 100 dollardan to’lanadigan qimmat reklamalarda olib boriladi, xolos. Bundan tashqari, hey!.. Google AdSense dasturidan bir kunda millonlab web ustalar foydalanishadi. Menimcha har bir reklamani tekshirib chiqishga ularning vaqti bo’lmasa kerak 😉

Ammo omadga to’liqligicha suyanib qolmaylik. Hamma narsa qonun-qoida bo’yicha bo’lgani yaxshiroq. Mehnat qiling, saytingizni bir yo’nalishdagi qiziqarli ma’lumotlar bilan boyiting va AdSense orqali pul ishlab toping! Sizga qancha to’lanishi va qancha ishlab topishingiz o’zingizga bog’liq.

Shunday ekan, har doim Google AdSense kalit so’zlarining narxi bilan qiziqib, imkon boricha koproq to’lanadigan kalit so’zlarni ovlashga harakat qilish kerak.

Abituriyentlar uchun test formulalari

32 ta fikr

  1. Qaysi bankdan hisob raqam ochgan ma’qul faqatgina Milliy Bank danmi?

  2. Shu WESTERN UNION dan olib ko’rmaganmisiz?

  3. Ajoyib maqola! Google adsense chindan ham web ustalarga ajoyib imkoniyatlarni yaratib bergan.
    EMAIL SERVICE BULK kalit so’zi orqali servisga utganligi uchun 92$ web ustaga beriladimi yoki google ozining foydasini ham oladimi. Axir google shundayga, web ustalarni boyitish uchun ishlamasa kerak. Web usta 42$ olsa kerak bitta klik uchun

  4. Men biroz tushunmadim… teppadagi kalit sozlarni qayerga kiritish kerak?

  5. Salom Azamat Aka Meni Google Adsensega azo qilib bera olasizmi

  6. Adsense reklamalarini nega mobil versiyada ko’rib bo’lmaydi

  7. azamat aka eng arzon tas-ix xosting olgandan keyin vps sotib olsa bo’ladimi
    emailiz bormi

  8. salom Azamat aka adsense ruscha partinyorka saytlarni qabul qiladimi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*