Bosh sahifa / Shaxsiy rivojlanish / 2014-yilning eng ko’p to’lanadigan kasblari

2014-yilning eng ko’p to’lanadigan kasblari

Izlanish natijalari shuni ko’rsatdiki, bugungi kunda eng ko’p to’lanadigan kasb egalari talabalik davrida ilm o’rganishga eng ko’p harakat qilgan kishilar ekan. Bundan kelib chiqadiki, agar hozir qanchalik yaxshi o’qisak, kelajakda qachondir ilm o’rganishga qaratilgan mehnatlarimiz o’z samarasini albatta beradi.

 CareerCastning ma’lumotiga ko’ra 2014-yilning eng ko’p to’lanadigan 10 ta kasbi ichidan 7 tasi sog’likni saqlash sohasiga aloqador va ular yuqori darajadagi ta’lim olishni talab etadi. Ko’rsatkichlarga qarab qo’shimcha ta’lim olish uchun ko’proq pul sarflagan kishilar vaqti kelib olgan bilimlari yordamida sarflangan pulni bir necha barobar qilib qaytarib olishadi, deyish ham mumkin. Amerika Tibbiyot Oliygohlari Uyushmasining xabar berishicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishish uchun talabalar bir yilda $175,000 atrofida xarajat qilishar ekan. Ular oliygohlarni bitirib, shifokor sifatida ishlab boshlaganlaridan so’ng esa bir yilda o’rtacha hisobda $187,200 daromadga ega bo’lshar ekan (2014-yil ma’lumoti).

Eng ko’p to’lanadigan kasblar ro’yxatining birinchi o’rnini jarrohlar egallashgan va ularning yillik daromadi o’rtacha $233,150 miqdorni tashkil etadi. Ikkinchi o’rinda esa umumiy davolash shifokorlari qayd etilgan. To’qqizinchi o’rinda bir yillik o’rtacha $116,440 daromad bilan pediatrlar va oxirgi, o’ninchi o’rinda bir yillik o’rtacha $113,530 davomad bilan huquqshunoslar qayd etilgan. Ular ham kasbiy faoliyatlarini boshlaguniga qadar ta’lim olishlariga ko’p mehnat va mablag’ sarflashadi.

Oliy ma’lumotga ega bo’lish talab etilmaydigan kasblardan faqat ikkitasi 2014-yilning eng ko’p to’lanadigan kasblari ro’yxatiga kiritilishga loyiq deb topildi. Bular – yiliga o’rtacha $130,280 daromad qiladigan yonilg’i muxandislari va bir yilda o’rta hisobda $122,530 davomad oladigan havo qatnovi nazoratchilari. Ma’lumotda yana shu narsa ham ta’kidlanganki, «agar ko’p o’qimasdan ko’proq to’lanadigan kasbda ishlashni orzu qilayotgan bo’lsangiz, dunyodagi eng charchatadigan ish sharoitlarida faoliyat yuritishga tayyor bo’ling»! Buning sababi – havo qatnovi nazoratchilari kasbi mutaxassislar tomonidan dunyodagi eng ko’p charchatadigan kasb sifatida baholangan.

Juda qiyin ish sharoitiga ega va tinimsiz ishlash talab etiladigan kasb bo’lishiga qaramasdan, havo qatnovi nazoratchilari daromadining kelgusida o’sish ehtimoli juda past. Mutaxassislar 2022-yilga borib bu kasb egalarining hozirgi daromadlari miqdori faqat 1% ko’tarilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Yonilg’u muhandislari daromadi esa bu davrga qadar 26% ko’tarilishi bashorat qilingan. Barcha sog’likni saqlash sohasidagi kasblar daromadlari esa yuqorida ta’kidlab o’tilgan vaqtga qadar 14% gacha ko’tarilishi tahmin qilingan.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, yoshlida kim ko’proq ilm o’rgansa, bilimini oshirish yo’lida mehnat qilsa, kelajakda o’z xizmatlariga yarasha moddiy va ma’naviy foydalarga ega bo’ladi. Aksincha, yoshligini ilm o’rganmasdan, bekor o’tkazgan kishilar umrlari davomida eng og’ir sharoitlardagi charchatadigan kasblarda ishlashga majbur bo’lib, vaqtida o’zlashtirilmagan ilm qadrini kech anglab yetishadi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, bugungi kunga kelib bu hikmatlar shunchaki gap emas, balki zamonaviy dunyo statistikasiga aylanib ulgurgan.

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

Bitta fikr

  1. Maqolaga gap bo’lishi mumkin emas

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*