Bosh sahifa / Internetda pul ishlash / 10 ta arzimas, ammo foydali sayt g’oyalari

10 ta arzimas, ammo foydali sayt g’oyalari

Ba’zan bir qarashda juda oddiy, arzimas bo’lib tuyulgan saytlar hayratlanarli darajada katta daromad keltirayotganligiga guvoh bo’lamiz. Xorijiy tillardagi saytlar orasida deyarli tasavvur qilishingiz mumkin bo’lgan barcha g’oyaga asoslangan saytlar allaqachon tashkil etib bo’lingan. O’zbek tiliga kelsak, bu tilda yaratilishi mumkin bo’lgan jiddiy, arzirli, ammo shu bilan birga hali asos solinmagan loyihalar juda ko’p. Tabiiyki, kichik, arzimas sayt g’oyalari ham talaygina.

Ushbu maqolada eng arzimas, kichik bo’lib ko’ringan, ammo kattagina daromad olib kelishi mumkin bo’lgan 10 ta sayt g’oyasi haqida yozmoqchiman. Bu g’oyalar hozircha o’zbek tilidagi saytlar orasida amalga oshirilmagan. Ulardan o’zingizga eng yoqqanini tanlab olib, hali O’zbekistonda asos solinmagan saytlardan birini boshlab berishingiz mumkin. Bunda saytlar Sizdan ortiqcha kuch talab qilmaydi. Axir arzimas bo’lib tuyulgan saytni tayyorlash, yuritish va ommalashtirish jiddiy, katta loyihalarga nisbatan ancha oson kecOhishi mumkin.

1. O’zbekona Photofunia. Agar Photofunia.com saytiga kirgan, undan foydalangan, yoki kimningdir bu sayt orqali ishlov berilgan suratini ko’rgan bo’lsangiz, saytning o’zbekona versiyasi qanday bo’lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilasi. Mashxur jurnallar muqovasida, kofe chashkasida, megashaharlarning eng gavjum joyidagi bilbordlarda o’z fotosuratingizni «joylashtirishga» imkon beruvchi ushbu sayt millionlab foydalanuvchilar orasida mashxur. Bu saytning o’zbekcha versiyasi tashkil qilinib, faqat o’zbekona, O’zbekistonga oid rasmlar uyg’unlashtirilsa, milliy saytlarimiz orasida juda mashxur bo’lib ketadi. Registon maydonida, Toshkent metropolitenida yoki Munisa Rizayeva varaqlayotgan jurnal muqovasida o’z fotosuratini ko’rishni istovchilar ko’p 😀 Ushbu turdagi sayt reklama orqali katta foyda ko’rishi mumkin. Reklamalar nafaqat saytda, balki generatsiya qilinayotgan rasmlarning ma’lum qismida ham joylashtirilishi mumkin.

2. Telegram orqali tanishuv sayti. Odatiy tanishuv saytlari real vaqtda muloqot qilish imkonini beruvchi messenjerlar chiqishi bilan o’z ahamiyatini deyarli yo’qotdi. Endi foydalanuvchilar uchun Telegram yoki boshqa messenjerlar orqali tanishish, do’stlashish, muloqot qilish qulayroq bo’lib qoldi. TelegramFriends.com saytiga tashrif buyuring va faqat o’zbek tilida so’zlashuvchi foydalanuvchilarga mo’ljallangan ushbu turdagi tanishuv saytiga asos solish mumkin yoki mumkin emasligi haqida o’ylab ko’ring. Bunday sayt bilan reklama orqali daromad ko’rish mumkin.

3. Oilaviy shajaralar sayti. Bunday sayt g’oyasi haqida avval ham qaysidir maqolamda yozgan edim. Bu turdagi saytda O’zbekistondagi istalgan oilaning sharajasini yaratish mumkin bo’ladi. Xohlagan foydalanuvchi saytda o’z oilasi shajarasini boshlab, uni imkoni boricha uzoqroq o’timishgacha shakllantira olishi kerak. Keyinchalik saytdagi shajaralarni birlashtirish, tutashtirish orqali sulolalarning kelib chiqish tarixini aniqlashtirish ham mumkin bo’ladi. Ushbu sayt g’oyasiga, menimcha, kasbi va qiziqishlari tarix bilan bog’liq bo’lganlar ko’proq e’tibor qaratishlari kerak. Shajaralar bilan bir qatorda bu saytda istalgan tarixiy mavzudagi blog yuritilishi ham mumkin.

4. Ochiq va yopiq kundalik sayti. Robinzon Kruzoning kundalik yozishiga e’tibor berganmisiz? U o’z hayotidagi bor haqiqatni hech qanday bo’rttirish yoki yashirishlarsiz ochiq yozadi. Kundaligida yozganlari keyinchalik o’ziga o’tmish hayotini eslatib turishi bilan birga boshqalar uchun ajoyib sarguzasht hikoyadek zavq bag’ishlaydi. Bugungi zamonaviy hayotimizda ham oddiy odamlar orasida Kruzodek kundalik yozishga arzirli hayotni boshidan kechrayotganlar talaygina. Kundalik yozish, boshqalarning kundaligini o’qishga qiziquvchilar ham juda ko’p. Shunday bir sayt bo’lsa-yu, unda kundalik yozish osonlashtirilsa. Istalgan kishi saytga kirib o’z kundaligini tutsa. Unga kompyuterda, telefonda, email orqali va hatto sms orqali ham yozish mumkin bo’lsa. Foydalanuvchilar o’z kechinmalarini kundalik ravijda shu saytga yozib borishsa. Kundaligini boshqalar o’qishini istaganlar ochiq kundalik tutishi, istamaganlar esa faqat o’zigagina ko’rinadigan yopiq kundalikni yuritishi mumkin bo’lsa.

Boshlanishida dunyoga mashxur Twitter sayti deyarli huddi shu maqsadda tashkil etilgan. Bizda ham shunga o’xshash saytga asos solishsa, kelajakda juda rivojlanib ketishi mumkin bo’lgan loyiha sari katta qadamlardan birini tashlagan bo’lamiz.

5. Milliy online chat. Hozirgacha o’zbek tilidagi saytlar orasida faqat chatga mustahkam asoslangan sayt yo’q. Chatiw.com yoki ChatRoulette.com kabi saytlarning milliy ko’rinishini yarata olsak, bunday saytlarning foydalanuvchilari tez orada millondan oshib ketishi mumkin. Chatning ichki qidiruv yoki filtrlash bo’limlari davlatlarga asosan emas, O’zbekiston viloyatlari, tuman va shaharlariga asosan tashkil qilinsa, foydalanuvchilarimiz uchun juda qulay va qiziq bo’lardi.

6. Bo’shlik/bandlik indekatori sayti. Shunday bir katalog yaratilsa, dasturchilar o’zlari haqida minimal ma’lumotni kiritib, portfoliolariga link berishsa va dasturchilar o’zlarini «Bandman» yoki «Bo’shman» degan statuslarini osonlik bilan o’zgartirib tura olishsa. Bu turdagi sayt bilan foydalanuvchilar o’zlariga kerakli bo’lgan dasturchini tezroq topa olishadi va topilgan dasturchining ayni vaqtda bo’sh yoki bandligini bilib olishadi. Tasavvur qiling, saytingizda CSS bilan bog’liq muammo chiqdi. Muammo kichik bo’lishiga qaramasdan o’zingiz uni bartaraf eta olmayapsiz. Katalogdan CSS mutaxassisini topasiz va ayni vaqtda bo’sh bo’lgan dasturchi bilan bog’lanasiz.

Bu turdagi sayt qanchalik darajada mashxur bo’lishi haqida bilmadim, ammo sayt dasturchilar va ularning ximatiga ehtiyoj sezadigan saytlar uchun ajoyib resurs bo’lib xizmat qilishi mumkin.

7. Statuslar sayti. Ijtimoiy tarmoqlardagi profil statuslariga turli hikmatli gaplar, fikrlar yozish urf bo’lgan. Faqat statuslar yozish va ularga klass bosish uchun mo’ljallangan sayt hozircha o’zbek saytlarida ichida yo’q. Osonlik bilan tayyorlanishi mumkin bo’lgan bu turdagi sayt o’zbekisonlik foydalanuvchilar orasida juda mashxur bo’lib ketishi mumkin.

8. Mukammal radio sayti. Men hech bir ish kunimni RadioTunes satisiz tasavvur qila olmayman. Top Hits kanali mening eng sevimli radio kanalimga aylanib ulgurgan. Bu saytda turli yo’nalishdagi radio kanallar mavjud. Hech qanday eshittirish, yangilik yoki tok shoular yo’q. Shunchaki yo’nalishlar bo’yicha musiqa! RadioTunes saytiga o’xshash saytni TAS-IX tizimida tashkil etsak, faqat TAS-IX tizimiga kira oladigan internetga ega idoralar xodimlari ishdan bo’sh vaqtlarida o’zlariga yoqqan yo’nalishdagi musiqalarni tinglash imkoniyatiga ega bo’lishardi. Bunday sayt reklamalar, ayniqsa audio reklamalar orqali yaxshigina davomad ko’rishi mumkin.

9. Muayyan kasb egalari katalogi. Ba’zan yaxshi reytingga ega bo’lgan repetitor izlab qolamiz. Ba’zida esa yaxshi natijalarga ega bo’lgan tajribali advokat kerak bo’lib qoladi. Bu kabi kasb egalari yoki barcha kasb vakillari uchun alohida katalog-sayt tashkil qilinsa juda ajoyib ish bo’lardi. Shaxsan o’zim ayni vaqtda ish olib borayotganim telefon raqamlar katalogi sayti ham shu mavzuga qaysidir jihatdan juda yaqin. Katalog qanchalik tor doirani qamrab olsa, unga qiziqish shunchalik darajada keng bo’ladi, deb o’ylayman. Hamma kasblarni jamlashga urinib, universal katalog yaratish fikrini ma’qullamayman.

10. Hadya qilish sayti. Bir necha yil avval darudar.uz sayti ishlab turardi. Unda istalgan kishi o’ziga keraksiz bo’lgan biror buyumni bepul hadya qilib yuborishga tayyor ekanligi haqida e’lon berishi mumkin edi. Ammo bu sayt hozirda ishlamayapti. Sayt g’oyasi qiziq bo’lishi bilan birga ancha foydali va savobli edi. Hozirgi kunda darudar.org sayti ishlab turibdi. Unga kirib odamlar bir-birlariga qanday buyumlarni, qay usulda sovg’a qilishayotganligini, hadyalarni qabul qilib olganlar qay tarzda minnatdorchilik bildirayotganligini ko’rishingiz mumkin. Saytni o’zbek tiliga tarjima qilish ham mumkin. Mana bu sahifada ko’rinishicha, saytning o’zbek tili tarjimasi 0%.

Mavjud saytni o’zbek tiliga tarjima qilib, uni yurtimizdagi odamlar o’rtasida hadya almashish platformasi sifatida ishlatish yaxshimi, yoki .uz domenida hadya qilish saytini boshidan, milliy yo’nalishda, o’z ehtiyojlarimizga to’liq moslagan holda yaratish qulayroqmi – bu qarorni har kim o’zi uchun qabul qilishi kerak. Kelajakda bunday sayt milliy tarmog’imizda yana qayta ochilsa, ko’pchilik uchun yaxshi xizmat yo’lgan qo’yilgan bo’lardi.

Sizda ham sayt g’oyasi bormi? Agar hali O’zbekistonda asos solinmagan, yaratilmagan, yo’lga qo’yilmagan saytlar/xizmatlar g’oyasi bo’lsa, garchi u arzimas bo’lib tuyulsa ham, quyida barchamiz bilan o’rtoqlashing. Sizda bo’lgan sayt g’oyasi kimgadir yoqib, uni haqiqiy sayt darajasigacha olib chiqishi mumkinligini unutmang!

Iltimos, ommalashtirishga yordam bering: Share on FacebookShare on Google+Tweet about this on TwitterShare on VKEmail this to someone
Abituriyentlar uchun test formulalari

Muallif Azamat Xodjakov

Men odamlarni ilm olishga ruhlantirishni xohlayman. Kimdir qachondir menga "Sen tufayli shu narsani o'rganib olgan edim", desa, dunyoda mendan baxtli inson bo'lmaydi!

7 ta fikr

  1. Azamat aka har doimgidak yana bir bor saytingizdabn ilhomlandim. Rahmat!

  2. Nega klaviaturada tez yozish bo’yicha va musobaqa o’tkazadigan sayt yaratish g’o’yasini kiritmagansiz, aqir klaviaturada qanchalik tez yozishini bilishni hoqlaydiganlar ko’p, klavogonki.ru naviraem.ru saytlari juda zo’r

  3. Azamat aka sayt g’oyalari yaxshi lekin, ko’chirishni bas qilsak qanday bo’larkan. Bergan har bitta misolingiz RuNetdagi yoki boshqa hudud internetida o’z o’rnini egallagan saytlarni tarjima qilib, shunchaki plagiat qilish bilan cheklangan. Bu g’oyamasda, bu shunchaki Uz versiya yaratib ko’chirib qo’yish, va pul ishlash. Balkim shuning uchun UzNet saytlariga chetdan qizish yo’qdur. Bunday maqola yozmasdan, hit bo’ladigan g’oyalar haqida yozing. Masalan itportal.uz, yaxshi sayt. Shunday g’oyalar haqida yozing. Balkim bu fikrni chop etmassiz, chunki men kritik yondashuv qildim, lekin WP admin panelida o’qiysiz. Maslahatimni o’ylab ko’ring aka. STOP COPYING!!!

    • Gap yo’q. yaxshi fikr! 100% qo’shilaman.

    • Copy qilmayman dip shuncha keltirilgan foydali saytlarni uznetda yaratmaslikni taklif qilyapsizmi . Milliy online chat sayt g’oyasi qancha odamga foyda keltiradi. Sizni kritik yondashuviz shumi?

      • Milliy chat !!! bir paytla myagent.uz bor edi, quri lishni harajat. agar mobil operatorlar tas-ix ni 50% qilib belgilashganda balki uzbekcha «agent»imiz bo`lar edi.

    • Bu gapga qo’shilaman bor narsni qilish bu manimcha juda be’manilik. Inavatsion g’oyalar k-k ya’ni ixtro bo’lsin.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*